29-modda
Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida · Sana: 18.12.1979 · Amalda
1. Mazkur Konvensiyani qoʻllash yoki talqin etishga nisbatan ikki yoki bir nechta ishtirokchi-davlatlar oʻrtasidagi har qanday bahs-muzokara yoʻli bilan yechilmasa, unda tomonlardan birining iltimosiga binoan arbitraj muhokamasiga taqdim etiladi. Agar arbitraj muhokamasiga berilgan ariza olti oy ichida ikki tomonning kelishuviga imkon yaratmasa, unda xohlagan tomon shu bahs yuzasidan sud maqomiga koʻra tegishli ariza orqali Xalqaro Sudga murojaat qilishi mumkin.
2. Har qaysi ishtirokchi-davlat mazkur Konvensiyani imzolash, ratifikatsiya qilish yoki qoʻshilish paytida ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan majburiyatlar bilan oʻzini bogʻliq deb hisoblamasligini taʼkidlashi mumkin. Boshqa ishtirokchi-davlatlar ushbu moddaning koʻrsatilgan bandidan kelib chiqib, shunday shartni qoʻygan har qanday ishtirokchi-davlatga nisbatan majburiyat olmaydilar.
3. Mazkur moddaning 2-bandiga tegishli shartlarni qoʻygan har qanday ishtirokchi-davlat istagan paytda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga bildirishnoma yoʻllash bilan oʻz shartlarini olib tashlashi mumkin.
