2-modda
Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida · Sana: 18.12.1979 · Amalda
Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlar kamsitilishining barcha shakllarini qoralab, zudlik bilan barcha tegishli usullar orqali xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish siyosatini yurgizishga kelishadilar va shu maqsadda quyidagi majburiyatlarni oladilar:
a) erkaklar bilan ayollar oʻrtasidagi tenglik tamoiylini, agarda bu xozirgacha qilingan boʻlmasa, milliy Konstitutsiyaga va boshqa tegishli qonunlarga kiritish hamda qonun va boshqa tegishli vositalar yordamida ushbu tamoyilni amaliyotga joriy etishni taʼminlash;
b) xotin-qizlarning har qanday kamsitilishini taʼqiqlovchi tegishli qonunchilik va boshqa choralarni koʻrish, zarur boʻlganda sanksiyalarni qoʻllash;
c) erkaklar bilan tenglik asosida ayollarning huquqlari yuridik jihatdan himoyalanishni oʻrnatish, vakolatli milliy sudlar va davlat muassasalarining yordamida xotin-qizlarning har qanday kamsitilishiga qarshi ularning samarali himoya qilinishini taʼminlash;
d) xotin-qizlarning kamsitadigan biron-bir xatti-harakatlarni amalga oshirishdan tiyilish, davlat organlari va muassasalari ushbu majburiyatga muvofiq faoliyat koʻrsatishlariga kafolat berish;
e) biron-bir shaxs, tashkilot yoki korxona tomonidan xotin-qizlar kamsitilishini bartaraf etish uchun barcha tegishli choralarni koʻrish;
f) xotin-qizlarni kamsituvchi mavjud qonunlar, qarorlar, urf-odatlar va amaliyotni oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilik choralarini koʻrish;
g) xotin-qizlarni kamsitishdan iborat boʻlgan oʻzinig jinoyatchilikka oid qonunlarining barcha moddalarini bekor qilish.
