Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida (87-son)
13.03.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Soliq intizomini mustahkamlash, soliq qonun hujjatlariga qatʼiy amal qilish, soliq toʻlovlarining budjetga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash, soliq haqidagi huquq buzilishlarining aniqlanishi, ularning oldini olish va ularni bartaraf etish ustidan davlat nazoratni kuchaytirish, shuningdek soliq organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tizimi xodimlarining umumiy soni 2000-yil 1-apreldan boshlab oʻrtacha 10 foizga qisqartirilsin. Qisqartirilayotgan xodimlar va ish haqi fondi Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasini hamda uning hududiy boshqarmalarini xodimlar bilan toʻldirishga va mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.
Davlat soliq qoʻmitasi raisining besh nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari, 9 kishidan iborat tarkibda hayʼati boʻlishiga ruxsat etilsin.
4. Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida:
Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-oʻrganishlar boshqarmasi tashkil etilsin, unga belgilangan tartibda nazorat ishlarini amalga oshirish va hujjatlarni tekshirish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish funksiyasi yuklansin;
7. Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-oʻrganishlar boshqarmasi, Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan ular lavozim maoshining 20 foizi miqdorida maxsus ustamalar joriy etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomning yangi tahririni hamda Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi, Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, Rejim va kadrlar bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
shu yil 1-maygacha davlat soliq, xizmati organlari xodimlarining yangi kiyim-boshini yaratish yuzasidan tanlov oʻtkazsin, bunda unga 2001-yildan boshlab oʻtishni nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasiga va uning hududiy boshqarmalariga xizmat koʻrsatish uchun avtotransport vositalariga qoʻshimcha limit ajratish toʻgʻrisidagi masalani bir oy muddatda hal qilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (Isayev) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Buxoro va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Buxoro va Fargʻona shaharlaridagi ikkita yangidan qurilgan kasb-hunar kollejlarini aniqlasin va ularni ikki oy muddatda ushbu kollejlar bazasida 2000-yil 1-sentabrgacha har biri 200 oʻrinli ixtisoslashtirilgan soliq kollejlari tashkil etish uchun Davlat soliq qoʻmitasi balansiga bersin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining Buxoro shahar va Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyalarini, shuningdek Fargʻona shahridagi Qirguli tumani Davlat soliq inspeksiyasini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
13. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 20-oktabrdagi 483-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining 1 va 3-bandlari, qarorga 1-6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 13-mart,
87-son
