Tumandagi qishloq xoʻjalik va meliorativ texnikalarini, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2015-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (336-son)
25.04.2015
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarini xisobga olish va ularning texnik xolatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toʻplami, 2012-yil 50-son, 559-modda) va “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, (Qoʻshtepa tumani mudofaa ishlari boʻlimi, Qoʻshtepa tumani ichki ishlar boʻlimidagi ishlab chiqarish bilan band boʻlmagan texnikalari bundan mustasno) qorxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarining, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarini 2015-yil uchun texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarini mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2015-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarini mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish joriy yilning 1-avgustiga qadar tugatilsin.
4. Ushbu qaror qaror ijrosini taʼminlash va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun pul yigʻimlari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda undirilishini taʼminlash “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori (A. Dovulov) zimmmasiga yuklatilsin.
5. Qoʻshtepa tumani hokimining 2014-yil 14-apreldagi 283-son “Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarini, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb xisoblansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Sh. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. JUMANOV
Qoʻshtepa t.,
2015-yil 25-aprel,
336-son
Tuman hokimining 2015-yil 25-apreldagi 336-son qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, qorxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va melorativ texnikalarining, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarini 2015-yil uchun texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Xududlar va MMTPlar nomi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Eslatma 1. Gʻishtmon-Chimkent 22 — 25.04.2015-y 2. T.Boboyev-Yodgorali 25 — 27.04.2015-y 3. Baxt Yoʻldosh-Oxun 28 — 30.04.2015-y 4. Algavxarov-Langar 2 — 4.05.2015-y 5. J.Jaxonov-Doʻrmon 5 — 7.05.2015-y 6. Qoraqushchi-Otaboyev 10 — 12.05.2015-y 7. Kattaboltakoʻl 14 — 16.05.2015-y 8. Baxt Paxtakor-Garimdon 18 — 20.05.2015-y 9. A.Niyozov-Oqtepa 22 — 24.05.2015-y 10. Sarmazor-Eshonguzar 25 — 27.05.2015-y 11. Far Shaxartepa-Shomirza 28 — 30.05.2015-y 12. A.Yassaviy-Loyson 2 — 4.06.2015-y 13. Qumtepa-Qamishtepa 6 — 8.06.2015-y 14. Xavasmand-Qorajiyda 10 — 12.06.2015-y 15. Solijonob�d-Maxmud 13 — 15.06.2015-y 16. Tuman Agrosanoat KXK 17 — 19.06.2015-y 17. Tuman Pedagogika KXK 20 — 22.06.2015-y 18. Shaxartepa Agrosanoat KXK 24 — 26.06.2015-y 19. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 28 — 30.06.2015-y 20. Tuman yoʻl qurilish boʻlimi 1 — 3.06.2015-y 21. Qishloqxoʻjalikkiyo AJ 4 — 6.06.2015-y 22. Tumandagi SIUlar 6 — 8.06.2015-y 23. Tuman MTP AJ 11 — 13.06.2015-y 24. Agrotexservis MChJ 15 — 17.06.2015-y 25. Fargʻona Aeratsiya stansiyasi 18 — 20.06.2015-y 26. Tuman Elektr tarmoqlari korxonasi 21.06.2015 y 27. Tuman “Suvoqava” korxonasi 21.06.2015-y 28. Tumandagi fermer xoʻjaliklari va shaxsiylar 25.04.2015 — 1.08.2015-y
Tuman hokimining 2015-yil 25-apreldagi 336-son qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarini mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2015-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi
TARKIBI
Guruh rahbari: Tuman qishloq xoʻjalik texnikalari boʻyicha davlat inspektori — A. Dovulov Guruh aʼzolari: Tuman Fermyerlar kengashi raisi oʻrinbosari — M. Yuldashev Tuman KSXB mutaxassisi — Sh. Asqarov Tuman MTP AJ texnika xavfsizligi muxandisi — Sh. Abdullayev
