Statistika va moliya hisobotini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (227-son)
25.06.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Statistika va moliya hisoboti shakllarini yanada birxillashtirish, soddalashtirish va qisqartirish, uni taqdim etish davriyligini takomillashtirish, shuningdek hisobot tizimini xalqaro standartlar talablariga yuqori darajada yaqinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining:
moliya va statistika hisoboti shakllarini taqdim etish davriyligini qisqartirish toʻgʻrisidagi 1-ilovaga muvofiq;
statistika hisoboti shakllarini birxillashtirish va birlashtirish toʻgʻrisidagi 2-ilovaga muvofiq;
statistika hisoboti shakllarini bekor qilish toʻgʻrisidagi 3-ilovaga muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrida va respublika mintaqalarida moliya va statistika hisobotini yanada takomillashtirish masalalari boʻyicha seminarlar oʻtkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat statistikasini 2005-yilgacha boʻlgan davrda yanada tizimli isloh qilish kompleks dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarning qayta koʻrib chiqilishi va mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 25-iyun,
227-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-iyundagi 227-son qaroriga 1-ILOVA
Taqdim etish davriyligi qisqartiriladigan moliya va davlat statistika hisoboti shakllarining ROʻYXATI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-iyundagi 227-son qaroriga 3-ILOVA
Bekor qilinadigan davlat statistika hisoboti shakllari ROʻYXATI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 95-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2012-y., 26-27-son, 293-modda, 44-son, 507-modda)
