Oltiariq tumanida 2015-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (273-son)
11.02.2015
Fargʻona viloyati Oltiariq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) ijrosini taʼminlash hamda tumanda 2015-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (bundan buyon matnda texnika deb yuritiladi) har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Oltiariq tumanida 2015-yilda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi 1-ilovaga va komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori (komissiya raisi) A. Musaxonovga;
texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga (bundan buyon matnda mulkdor deb yuritiladi) texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomani texnik koʻrik oʻtkazish kunidan kamida oʻttiz kun oldin yuborishni taʼminlash;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ish rejasi va komissiya tarkibini yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish;
texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalar yuzasidan mulkdorga yozma koʻrsatma berilishi va qayta texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun oʻn kundan kam boʻlmagan muddatni belgilash;
texnikani qayta koʻrikdan oʻtkazish uchun mulkdordan yigʻim undirilmaslik;
mulkdor koʻrsatmada belgilangan muddatda texnikani qayta texnik koʻrikdan oʻtkazmagan holda tuman hokimligiga maʼlumot berish ishlarini amalga oshirish topshirilsin.
3. Boshqa tumanlarda foydalanilayotgan texnika ushbu manzildagi davlat inspektori tomonidan texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan davlat inspektorining soʻrovnomasiga asosan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi belgilansin.
4. Mulkdorlarga;
bildirishnomani olgandan soʻng texnik koʻrik oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan texnikalar toʻgʻrisida dalolatnoma toʻldirilsin;
texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat inspektoriga taqdim etilsin.
5. “Davtexnazorat” inspeksiyasi (A. Musaxonov):
tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorni toʻliq bajarish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
6. Tuman hokimining 2014-yil 20-martdagi 279-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Xasanov zimmasiga yuklansin.
Hokim A. BOʻTAYEV
Oltiariq t.,
2015-yil 11-fevral,
273-son
Tuman hokimining 2015-yil 11-fevraldagi 273-son qaroriga 1-ILOVA
Oltiariq tumanida 2015-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
jadvali
T/r Texnika egasi Texnik koʻrikdan oʻtkazish Muddati Manzili Sanasi 1. Nurobod MMTP 10.02.2015 yil Poloson shaharchasi 10.02.2015 yil 9.03.2015 yil 9.03.2015 yil 2. Sertut Joʻrak MMTP 11.02.2015 yil Joʻrak shaharchasi 11.02.2015 yil 10.03.2015 yil 10.03.2015 yil 3. Povulgʻon MMTP 12.02.2015 yil Povulgʻon shaharchasi 12.02.2015 yil 11.03.2015 yil 11.03.2015 yil 4. Zilxa MMTP 13.02.2015 yil Zilxa shaharchasi 13.02.2015 yil 12.03.2015 yil 12.03.2015 yil 5. Oqboʻyra MMTP 16.02.2015 yil Oqboʻyra shaharchasi 14.02.2015 yil 13.03.2015 yil 13.03.2015 yil 6. Otaqulov MMTP 17.02.2015 yil Fayziobod shaharchasi 15.02.2015 yil 14.03.2015 yil 14.03.2015 yil 7. Poloson MMTP 18.02.2015 yil Poloson shaharchasi 16.02.2015 yil 16.03.2015 yil 16.03.2015 yil 8. Yangiqoʻrgʻon MMTP 19.02.2015 yil Yangiqoʻrgʻon shaharchasi 17.02.2015 yil 17.03.2015 yil 17.03.2015 yil 9. Far Madad Chinor MMTP 20.02.2015 yil Oltiariq shaharchasi 18.02.2015 yil 18.03.2015 yil 18.03.2015 yil 10. Al-Fargʻoniy MMTP 23.02.2015 yil Azimobod shaharchasi 19.02.2015 yil 19.03.2015 yil 19.03.2015 yil 11. Yangiobod MMTP 20.02.2015 yil Yangiobod shaharchasi 20.02.2015 yil 23.03.2015 yil 23.03.2015 yil 12. Oʻzbekiston MMTP 25.02.2015 yil Gʻayrat shaharchasi 25.02.2015 yil 24.03.2015 yil 24.03.2015 yil 13. Paxtabod MMTP 26.02.2015 yil Burbonliq shaharchasi 26.02.2015 yil 25.03.2015 yil 25.03.2015 yil 14. Katput MMTP 27.02.2015 yil Katput shaharchasi 27.02.2015 yil 26.03.2015 yil 26.03.2015 yil 15. Qiziltepa MMTP 24.02.2015 yil Qiziltepa qishlogʻi 24.02.2015 yil 27.03.2015 yil 27.03.2015 yil 16. Tong MMTP 25.02.2015 yil Qiziltepa qishlogʻi 25.02.2015 yil 28.03.2015 yil 28.03.2015 yil 17. Nurobod MTP AJ 26.02.2015 yil Poloson shaharchasi 26.02.2015 yil 30.03.2015 yil 30.03.2015 yil 18. Boshqa tashkilotlar 27.02.2015 yil Oltiariq shaharchasi 27.02.2015 yil 31.03.2015 yil 31.03.2015 yil 19. Shaxsiy transport vositalari 28.02.2015 yil Oltiariq shaharchasi 28.02.2015 yil 2.04.2015 yil 2.04.2015 yil
Tuman hokimining 2015-yil 11-fevraldagi 273-son qaroriga 2-ILOVA
Oltiariq tumanida 2015-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
tarkibi:
T/r Familiyasi, Ismi Lavozimi 1. A. Musaxonov Tuman Davlat texnika nazorati inspeksiyasi bosh muxandis inspektori, komissiya raisi 2. M. Isaqov Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi v.b 3. M. Raximov Nurobod MTP AJ raisi 4. V. Mamajonov Tuman IIB YHXG boshligʻi 5. Sh. Ibragimov Nurobod MTP AJ raisi oʻrinbosari
