Abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida (2686-son)
19.06.2015
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 19-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2686]
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi hamda 2012-yil 11-iyuldagi 205-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq buyuraman:
1. Abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shakli 1 — 6 ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlmagan abituriyentlar tomonidan mazkur buyruqning 1, 2 yoki 3-ilovasida koʻrsatilgan ariza toʻldiriladi;
harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar tomonidan mazkur buyruqning 4, 5 yoki 6-ilovasida koʻrsatilgan ariza toʻldiriladi;
ariza shaxsan abituriyent tomonidan toʻldiriladi va imzolanadi.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. VAXABOV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-iyun,
1-2015-son
Kelishildi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori J. ISMAILOV
2015-yil 10-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 11-iyundagi 1-2015-sonli buyrugʻiga 1-ILOVA
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 11-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2686-2, 11.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2018-y., 10/18/2686-2/1499-son)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 11-iyundagi 1-2015-sonli buyrugʻiga 2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 11-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2686-2, 11.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2018-y., 10/18/2686-2/1499-son)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 11-iyundagi 1-2015-sonli buyrugʻiga 3-ILOVA
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 11-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2686-2, 11.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2018-y., 10/18/2686-2/1499-son)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 11-iyundagi 1-2015-sonli buyrugʻiga 4-ILOVA
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 11-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2686-2, 11.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2018-y., 10/18/2686-2/1499-son)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 11-iyundagi 1-2015-sonli buyrugʻiga 5-ILOVA
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 11-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2686-2, 11.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2018-y., 10/18/2686-2/1499-son)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 11-iyundagi 1-2015-sonli buyrugʻiga 6-ILOVA
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 11-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2686-2, 11.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2018-y., 10/18/2686-2/1499-son)
