Qitʼa ichkarisidagi davlatlarning tranzit savdosi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilish haqida (187-I-son)
22.12.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Qitʼa ichkarisidagi davlatlarning tranzit savdosi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
187-I-son
