1992-yil 15-dekabrda imzolangan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi doirasidagi murosaga keltirish va hakamlik boʻyicha Stokgolm Konvensiyasiga qoʻshilish haqida (186-I-son)
22.12.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1992-yil 15-dekabrda imzolangan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi doirasidagi murosaga keltirish va hakamlik boʻyicha Stokgolm Konvensiyasiga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
186-I-son
