1954-yilda imzolangan Qurolli mojaro chiqqan hollarda madaniy boyliklarning himoya qilinishi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilish haqida (180-I-son)
22.12.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1954-yilda imzolangan Qurolli mojaro chiqqan hollarda madaniy boyliklarning himoya qilinishi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
180-I-son
