2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida (261-son)
27.05.2015
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 15, 17-moddalariga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6- son 97-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2014-yil, 22-oktabrdagi 992-II-sonli, 13-oktabrdagi SQ-454-II-sonli “2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlarida belgilab berilgan vazifalar asosida shahardagi iqtisodiyot tarmoqlarining salohiyatini ishga solish, mehnat bozorining ehtiyojlari va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklarini inobatga olib, shaharda ishga joylashtirishning samarali shakllarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashish yoʻli bilan ish oʻrinlar tashkil etish va aholi bandligini hamda Fargʻona viloyati hokimining 2015-yil 15-apreldagi 108-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-454-II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 992-II-sonli “2015-yildagi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi hamda Fargʻona viloyati hokimining 2015-yil 15-apreldagi 108-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qoʻqon shahrida 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi koʻrsatkichlari 1-ilovaga;
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining oyma-oy koʻrsatkichlari 2-ilovaga;
2015-yil ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi shahar ishchi komissiyasi tarkibi 3-ilovaga;
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi koʻrsatkichlarining ijrosini nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruh tarkibi 4-ilovaga;
ish oʻrinlarini tashkil etish, loyihalarini oʻz vaqtida ishga tushishini taʼminlash boʻyicha Qoʻqon shahriga biriktirilgan vakillar roʻyxati 5-ilovaga;
ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi ishchi komissiyasining 2015-yil I-yarim yillik ish rejasi 6-ilovaga*;
* 6-ilova berilmaydi.
shaharda 2015-yil davomida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi”ni oʻtkazish jadvali 7-ilovaga;
shaharda oʻtkaziladigan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalarini tashkil etish boʻyicha tizim 8-ilovaga;
shaharda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturida nazarda tutilgan tashkilot tomonidan yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli 9-ilovaga;
yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlarining haqqoniyligini oʻrganish dalolatnomasi 9.1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shaharda 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qabul qilgan barcha dasturlar ijrosi natijasida 9059 ta ish oʻrinlarini tashkil qilish qismi boʻyicha:
shahar hokimligi Iqtisodiyot boʻlimi (M. Nurmatov) shaharning 2015-yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida sanoat, xizmat koʻrsatish va servis hamda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi loyihalarda tashkil etiladigan 928 ta ish oʻrinlarini:
Investitsiya dasturi ijrosini amalga oshirish orqali tashkil etiladigan ish oʻrinlari;
davlat mulki boʻlgan, boʻsh turgan bino va inshootlar (sotish, ijaraga berish va buzishdan boʻshagan yer maydonlarida), shuningdek kam quvvatlarda ishlayotgan va faoliyatsiz korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, boʻsh turgan qurilishi tugallanmagan obyektlar negizida tashkil etiladigan 809 ta ish oʻrinlarini;
shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (R. Ummatov) uy mehnatining barcha shakllari, shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmay turib, tadbirkorlik bilan shugʻullanish (kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, pudrat ishlari, dehqon xoʻjaliklari, aholi tomorqalari va shu kabilar) hisobiga tashkil etiladigan 2912 ta ish oʻrinlari;
shahar moliya boʻlimi (A. Sultonov) infratuzilma obyektlarini, shu jumladan budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga ishga tushiriladigan obyektlar hisobiga tashkil etiladigan ish oʻrinlarini;
shahar Soliq inspeksiyasi (A. Xolmatov) yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining kam meʼyorlarini aniqlash hisobiga tashkil etiladigan 623 ta ish oʻrinlarini;
shahar statistika boʻlimi v.v.b. (E. Grigoryan) taqdim etiladigan statistik hisobotlar asosida ish oʻrinlarini;
shahardagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (L. Dexqonov) 2014-2015-yil kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligi holati boʻyicha ish oʻrinlarini;
shahardagi barcha tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit mablagʻlari hisobiga 3787 ta ish oʻrinlarini tashkil etsinlar.
Shahar ishchi komissiyasi aʼzolari 9-ilovaga muvofiq har oyning 27-sanasigacha tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumot shakllarini viloyat hokimligi iqtisodiyot hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga taqdim etsinlar hamda tashkil etilgan yangi ish oʻrinlari monitoringini yuritsinlar.
4. Dastur koʻrsatkichlarining ijrosini tashkil qilish boʻyicha shahar ishchi komissiyasiga:
Dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosini toʻliq taʼminlash boʻyicha tashkilotchilik ishlarini amalga oshirish, tegishli tashkilotlarning bu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
har oyning 25-sanasigacha biriktirilgan hududga chiqqan holda 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash shahar dasturi ijrosini oʻrgangan holda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama qilib borish;
hududiy dasturlarda belgilagan parametrlar ijrosini taʼminlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar koʻrish;
belgilangan vazifalarni talab darajasida bajarmayotgan tarmoqlar, korxonalar, tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini yanada oshirish yuzasidan javobgarlik masalasini koʻrib chiqish uchun shahar hokimligiga takliflar kiritib borish;
hududiy dasturga kiritilgan obyektlarning oʻz vaqtida ishga tushurilishi, dastur parametrlarining toʻliq va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
dastur ijrosi toʻgʻrisida har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasigacha shahar hokimligiga axborot kiritish topshirilsin.
5. Dastur monitoringini yuritish boʻyicha shahar ishchi komissiyasi huzurida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruhiga:
dasturda belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha monitoring yuritish, barcha parametr koʻrsatkichlarini tahlil qilgan holda umumlashtirib borish;
dastur ijrosini shaharda bajarilishini oʻrganib, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda yakuniy maʼlumotlarni umumlashtirib, viloyat ishchi komissiyasiga har oyning 20-sanasiga qadar taqdim etish topshirilsin.
6. Shahar dasturi asosida 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha hududiy manziliy dasturlarini ishlab chiqib, tegishli qaror bilan tasdiqlash;
Dastur ijrosining taʼminlanishi haqida har oyda belgilangan muddatda viloyat ishchi guruhiga yozma axborot taqdim etish topshirilsin.
7. Shahar hokimligi iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi (M. Nurmatov), statistika boʻlimi v.v.b. (E. Grigoryan), bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (R. Ummatov) birgalikda barcha chora-tadbirlar hisobiga tashkil etiladigan ish joylarining statistik hisobotlarini yuritilishini taʼminlasinlar.
8. Shahar statistika boʻlimi v.v.b. (E. Grigoryan) va bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (R. Ummatov) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 22-dekabrda 858-son raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi toʻgʻrisida moʻljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi haqida”gi nizomga muvofiq maʼlumot taqdim etish” belgilangan korxonalar roʻyxati aniqlansin (yirik va monopol korxonalar majburiy, xususiy korxonalar ixtiyoriy ravishda) va shakllantirsin.
9. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (R. Ummatov)ga boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi belgilangan korxonalar tomonidan maʼlumot taqdim etilmaganda koʻriladigan maʼmuriy choralar toʻgʻrisida korxona rahbarlarining ogohlantirish va boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni internet tarmogʻidagi www.farbandlik.uz saytiga kiritib borish vazifalari topshirilsin.
10. Shahar “Muloqot” televideniyasi (X. Shermatov)ga shahardagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda televideniyada yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim A. ABDULLAYEV
Qoʻqon sh.,
2015-yil 27-may,
261-son
Tuman hokimining 2015-yil 27-maydagi 261-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qoʻqon shaharda 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi koʻrsatkichlari
Yoʻnalishlar Jami 1. Jami Dastur boʻyicha ish oʻrni 9059 kor.soni shu jumladan: 2. Maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etiladigan ish oʻrinlari, jami ish oʻrni 1737 kor.soni ulardan: 2.1. sanoatda ish oʻrni 600 kor.soni 2.2. xizmat koʻrsatishda ish oʻrni 328 kor.soni 2.3. qishloq xoʻjaligida (shu jumladan chorvachilik, parrandachilik, bogʻdorchilik, baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, ipakchilik, uzumchilikda) ish oʻrni kor.soni 2.4. ishlamasdan turgan korxonalarning faoliyatini tiklash ish oʻrni 809 kor.soni 3. Bundan tashqari 7322 quyidagilar hisobiga: 3.1. tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlari ish oʻrni 3787 kor.soni 3.2. yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish 623 3.3. uy mehnatini tashkil qilish ish oʻrni 2912 kor.soni
Tuman hokimining 2015-yil 27-maydagi 261-sonli qaroriga 2-ILOVA
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining oyma-oy koʻrsatkichlari
T/r Hudud nomi 2015-yil dasturi, jami (birlik) Shundan: yanvar fevral mart aprel may iyun iyul avgust sentyabr oktyabr noyabr dekabr Qoʻqon shahri 9059 232 245 993 750 571 913 1232 800 1051 1180 562 530
Tuman hokimining 2015-yil 27-maydagi 261-sonli qaroriga 3-ILOVA
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi shahar ishchi komissiyasi
tarkibi
T/r F. I. Sh Lavozimi 1. A. Abdullayev — Shahar hokimi, komissiya raisi 2. S. Raxmanaliyev — Shahar hokimi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari 3. R. Ummatov — Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, komissiya raisi oʻrinbosari Aʼzolari 4. F. Toʻxtaboyeva — Shahar hokimligi bosh mutaxassisi 5. M. Nurmatov — Iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi 6. B. Ismoilov — “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoʻqon boʻlimi raisi 7. A. Sultonov — Shahar moliya boʻlimi boshligʻi 8. E. Grigoryan — Statistika boʻlimi boshligʻi v. v. b 9. R. Muxammedov — Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti shahar boʻlimi rahbari 10. — Xalq deputatlari Qoʻqon Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarini amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi 11. N. Shermatov — “Muloqot” telekanali rahbari 12. M. Nosirova — “Qoʻqon sadosi va Znamya truda” birlashgan gazetalari tahririyati bosh muharriri 13. J.Mirzaaxmedov — Savdo, Sanoat palatasi Qoʻqon filiali boshligʻi 14. A. Sotvoldiyev — Qoʻqonavtoyoʻl kasb-hunar kolleji rahbari
Mazkur ishchi guruh tarkibiga shahardagi barcha tijorat banklari boshqaruvchilari guruh aʼzosi sifatida kiritiladi.
Tuman hokimining 2015-yil 27-maydagi 261-sonli qaroriga 4-ILOVA
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dastur koʻrsatkichlarining ijrosini nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruhi
TARKIBI
T/r F.I.Sh Lavozimi 1. R. Ummatov — Shahar hokimligi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi, ishchi guruh rahbari 2. M. Nurmatov — Shahar hokimligi iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi 3. J. Zaynobiddinov — Agrobank Qoʻqon filiali boshqaruvchisi 4. E. Grigoryan — Statistika boʻlimi boshligʻi
Tuman hokimining 2015-yil 27-maydagi 261-sonli qaroriga 5-ILOVA
Ish oʻrinlarini tashkil etish, loyihalarini oʻz vaqtida ishga tushishini taʼminlash boʻyicha Qoʻqon shahriga biriktirilgan vakillar
ROʻYXATI
Tuman hokimining 2015-yil 27-maydagi 261-sonli qaroriga 7-ILOVA
Shaharda 2015-yil davomida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi”ni oʻtkazish
JADVALI
T/r Tuman (shahar) nomi 2015-yilda oʻtkaziladigan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari, jami Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentyabr Oktyabr Noyabr Dekabr 1. Qoʻqon sh. 7 1 1 1 1 1 1 1
Tuman hokimining 2015-yil 27-maydagi 261-sonli qaroriga 8-ILOVA
Shaharda oʻtkaziladigan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalarini tashkil etish boʻyicha tizim
1. Yarmarkalar tashkil etiladigan hudud, yarmarka boʻlib oʻtadigan joy, vaqti, yarmarka ishtirokchilari aniqlanib, yarmarka boʻlib oʻtishidan kamida besh kun avval mahalliy televideniyada, gazeta va roʻznomalarda eʼlon berish tashkil etiladi.
2. Yarmarka boʻlib oʻtadigan joylarda obodonlashtirish ishlari tashkil etiladi.
3. Yarmarkaga bayramona tus berish maqsadida Madaniyat va sport ishlari boʻlimi tomonidan qisqacha konsert dasturi tayyorlanadi (15 — 20 minut).
4. Shahardagi boʻsh ish joylari mavjud boʻlgan korxona va tashkilotlar, kichik korxona va mikrofirmalar rahbarlari yoki xodimlar bilan ishlash boʻyicha boʻlim boshliqlari korxona nomi qayd etilgan pano, korxonaning asosiy faoliyat turi, ishlab chiqaradigan mahsulot, koʻrsatiladigan xizmat turi yozilgan pano bilan ishtirok etadi.
Yarmarka boʻlib oʻtadigan kun toʻgʻrisida tashkilotchilar tomonidan taklifnomalar yetkazib beriladi.
5. Kasb-hunar kolleji rahbarlari kollejning nomi, bitiruvchilarning soni, ularning mutaxassisliklari koʻrsatilgan panolar bilan ishtirok etadi.
6. Usta-hunarmandlar, oilaviy tadbirkorlar oʻzlarining ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ishtirok etadi. Hunarmandning familiyasi, ismi, ishlab chiqargan mahsulotlarining nomi yozilgan pano boʻladi.
7. Tijorat banklari bank tomonidan mijozlarga koʻrsatiladigan xizmat turlari, banklar tomonidan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar, kredit berish shartlari, muddatlari, foizlarini aks ettiruvchi panolar bilan ishtirok etadi.
8. Shahar tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasi xodimlari davlat roʻyxatidan oʻtish uchun talab etiladigan hujjatlar, toʻlanadigan davlat boji va boshqa tadbirkorlarga berilishi lozim boʻlgan stendlar bilan ishtirok etadi.
9. Mahalla fuqarolar yigʻinlari mahalladagi ishga joylashishga muhtoj, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasasi, chet davlatlardan yashash manzillariga qaytib kelgan hozirda ishga joylashmay yurgan fuqarolarni yarmarkada qatnashishini taʼminlash choralarini koʻradi.
10. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari yarmarkada ishtirok etuvchi fuqarolarni ishsiz sifatida roʻyxatga olish tadbirlarini amalga oshiradi. Yarmarka boʻlib oʻtadigan joyni stol-stullar bilan jihozlaydi.
Inspektorlar Familiya, ismini aks ettiruvchi beyjiklar bilan taʼminlanadi.
11. Yarmarkalarda mahalliy televideniya, roʻznomalar muxbirlari ishtirok etadi. Oʻtkazilgan yarmarkalar toʻgʻrisida turkum materiallar berib borilishini taʼminlaydi.
Tuman hokimining 2015-yil 27-maydagi 261-sonli qaroriga 9-ILOVA
Tuman hokimining 2015-yil 27-maydagi 261-sonli qaroriga 9.1-ILOVA
