Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob–uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (236-son)
27.02.2015
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-moddasi) ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, (tuman mudofaa ishlari boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi, milliy xavfsizlik xizmatidagi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikasi bundan mustasno) korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikaning, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarini 2015-yil texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2015-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish joriy yilning 1-avgustiga qadar tugatilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash va texnik koʻrikdan oʻtkazish yigʻimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirilishini taʼminlash tuman “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori (A. Oʻtanov)ga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Tuman hokimining 2014-yil 24-yanvardagi 76-son “Tumandagi qishlok xoʻjaligi va meliorativ texnikalarini, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin
7. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Tursunov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. BOBORAXIMOV
Oʻzbekiston t.,
2015-yil 27-fevral,
236-son
Tuman hokimining 2015-yil 27-fevraldagi 236-son qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, (tuman mudofaa ishlari boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi, milliy xavfsizlik xizmatidagi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikasi bundan mustasno) korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikaning, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarini 2015-yil texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
Tuman hokimining 2015-yil 27-fevraldagi 236-son qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2015-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi
T A R K I B I
