Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-4732-son)
12.06.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishning muhim yoʻnalishlari deb hisoblansin:
oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining pedagogik va kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va oʻqitilayotgan fanlar boʻyicha innovatsiyalar, shuningdek oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi soʻnggi yutuqlarni chuqur oʻrganish;
yuqori samarali zamonaviy taʼlim va innovatsiya texnologiyalari, ilgʻor xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy oʻquv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash;
oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarining global Internet tarmogʻi, multimedia tizimlari va masofadan oʻqitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni oʻquv jarayoniga faol tatbiq etishi;
oliy oʻquv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy oʻzlashtirish darajasini oshirish va undan oʻz kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, oʻz tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralarning qayta tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish borasida mamlakatimizning ushbu yoʻnalishlarda Doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish ilmiy kengashlari, zarur uslubiy, oʻquv-laboratoriya va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega 18 ta yetakchi oliy oʻquv yurti hamda davlat muassasasini oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagogik kadrlarini qayta tayyorlashni tashkil etish boʻyicha Tayanch oliy oʻquv yurtlari sifatida belgilashga doir taklifi 1-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Quyidagilar Tayanch oliy oʻquv yurtlarining asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
qayta tayyorlashning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatadigan oliy oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
ushbu kurslarda mashgʻulotlarni sifat jihatidan yuqori tashkiliy va professional darajada oʻtkazish uchun zarur oʻquv-uslubiy va moddiy-texnik bazani shakllantirish;
oliy oʻquv yurtining yetakchi oʻqituvchilarini va Doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ilmiy kengash aʼzolarini, shuningdek, mamlakatimizdagi boshqa oliy oʻquv yurtlarining yuqori malakali oʻqituvchilari, xorijiy mutaxassislar, oʻquv-uslubiy xodimlar va amaliyotchi mutaxassislarni shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini olib borish uchun keng jalb etish;
qayta tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha zarur axborot-maʼlumot bazasini shakllantirish, zamonaviy innovatsion pedagogika, multimedia va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va qayta tayyorlash jarayoniga tatbiq etish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan tinglovchilar uchun ularning ochiq maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishi, oʻtilgan darslarning muhokama qilinishi va tanqidiy tahlil etilishiga asoslangan pedagogik amaliyotni tashkil etish;
kurslarning viloyatlardan kelgan tinglovchilariga qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida oliy oʻquv yurtlari turar joylaridan joy ajratish boʻyicha choralar koʻrish.
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha Tayanch oliy oʻquv yurtlari sifatida belgilangan oliy oʻquv yurtlari rektorlari zimmasiga qayta tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yuksak saviyada tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, mamlakatimiz taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari uch yilda kamida bir marta doimiy asosda 1-ilovaga muvofiq Tayanch oʻquv yurtlarining doimiy faoliyat koʻrsatadigan kurslarida qayta tayyorlashning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha qayta tayyorlanishi va malakasini oshirishi shart;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish 2-ilovaga muvofiq Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi oʻquv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soatlik maxsus dasturlarning 144 soat hajmi ishdan ajralmagan holda mustaqil malaka oshirish usullari asosida, 144 soati toʻgʻridan-toʻgʻri (bevosita) malaka oshirish shaklida ishdan ajragan holda amalga oshiriladi;
kurslar yakunida tinglovchilar har bir Tayanch oliy oʻquv yurtida tashkil etiladigan oliy oʻquv yurti rektori yoki Fan doktori ilmiy darajasini berish boʻyicha ilmiy kengash raisi rahbarligidagi ilmiy kengash aʼzolari, oʻquv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik mutaxassislardan tashkil topgan kamida 7 kishidan iborat Attestatsiya komissiyalari tomonidan oʻtkaziladigan attestatsiyadan oʻtadi;
Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan kurs tinglovchilariga 3-ilovaga muvofiq davlat namunasidagi qatʼiy hisobdorlik hujjati hisoblangan malakaviy attestat beriladi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish yakunlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtolmagan oliy oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari belgilangan muddatda takroriy qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtishi shart;
oliy oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari takroriy attestatsiyadan oʻtolmagan taqdirda, oliy taʼlim muassasalarida oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini yoʻqotadi va ular bilan asosiy ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasi bekor qilinadi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish yakunlariga koʻra, attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog kadrlar tegishli yoʻnalish boʻyicha boʻsh pedagog lavozimini egallash tanlovidan oʻtishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi.
Tayanch oliy oʻquv yurtlarida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan tinglovchilarning asosiy ish joyida egallab turgan lavozimi va oʻrtacha ish haqi oʻqish davrida saqlab qolinadi.
Oliy oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatadigan kurslar faoliyati 2015-yilning 1-sentabridan tashkil etilsin.
4. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2015-yilning 1-avgustiga qadar oliy oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash kursi oʻquv rejasining tasdiqlangan Namunali tarkibini inobatga olgan holda, oliy oʻquv yurtlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha yangilangan malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarining ishlab chiqilishi va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining oliy oʻquv yurtlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha Tayanch oliy oʻquv yurtlari Attestatsiya komissiyalari raislari lavozim maoshiga 30 foiz miqdorida ustama haq belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda Attestatsiya komissiyalari raislari qayta tayyorlashdan oʻtgan va malaka oshirgan rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishning sifat darajasiga, qarorlar qabul qilishda xolislik, oshkoralik va prinsipiallik uchun shaxsan javob berishi belgilab qoʻyilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur Farmon ijrosini taʼminlash boʻyicha qaror qabul qilsin va unda quyidagilar koʻzda tutilsin:
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
oliy oʻquv yurtlari rahbar va oʻqituvchi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
Tayanch oliy oʻquv yurtlarining oʻquv-uslubiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikasi va oʻqitishning texnik vositalari bilan jihozlash choralari.
8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-iyun,
PF-4732-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga 1-ILOVA
Qayta tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv yurtlari rahbar va oʻqituvchi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha tayanch oʻquv yurtlari
ROʻYXATI
T/rTayanch oliy oʻquv yurti nomiQayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari1.Toshkent davlat texnika universitetiEnergetikaMetallurgiyaYer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasiElektronika va asbobsozlikMetrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmentiTexnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarishKonchilik ishiGeologiya, foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilishNeft va gaz konlarini izlab topish va foydalanishga topshirishMashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirishTexnologik mashinalar va jihozlarNeft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasiTashuvlarni tashkil etish va transport logistikasiHavodagi harakatni boshqarish 2.Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiAxborot tizimlarini matematik va dasturiy taʼminlashInformatika va axborot texnologiyalariAxborot xavfsizligiKompyuter grafikasi va dizaynTelekommunikatsiya texnologiyalariTelevizion texnologiyalarMaxsus yoritish texnologiyalariPochta aloqasi texnologiyasiAxborotlashtirish va kutubxonashunoslikRadioelektron qurilmalar va tizimlarKompyuter texnologiyalari va informatika3.Oʻzbekiston milliy universitetiMatematikaTabiiy fanlarPsixologiyaSotsiologiyaFalsafaJurnalistikaTarixFilologiya 4.Toshkent davlat agrar universitetiAgronomiyaAgrokimyo va agrotuproqshunoslikOʻsimliklar himoyasi va karantinQishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligiQishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish texnologiyasiDorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi ZootexniyaIpakchilikOʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirishMeva-sabzavotchilik va uzumchilik VetenariyaQishloq xoʻjaligida menejment5.Toshkent kimyo-texnologiya institutiKimyo texnologiyasiBiotexnologiyaOziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiOziq-ovqat texnologiyasi6.Toshkent davlat pedagogika universitetiAniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasiTasviriy sanʼat va ?uhandislik grafikasiPedagogika va psixologiyaMusiqa taʼlimiOna tili va adabiyoti (tillar boʻyicha)Chaqiriqqacha harbiy taʼlimMilliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimiBoshlangʻich taʼlim Maktabgacha taʼlimDefektologiyaPedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat7.Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiFilologiya va tillarni oʻqitishTarjima nazariyasi va amaliyoti8.Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiYengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasiTabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasiTexnologik mashinalar va jihozlarYengil sanoat buyumlari konstruksiyasi texnologiyasi va uni qayta ishlashMatbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi9.Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiIqtisodiyotMenejmentMarketingMoliyaBank ishiSoliqlar va soliqqa tortishBuxgalteriya hisobi va auditJahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarSugʻurta ishiMehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasiTurizm 10.Toshkent arxitektura-qurilish universitetiArxitekturaBino va inshootlar qurilishiQurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishTransport inshootlarining ekspluatatsiyasiAvtomobil yoʻllari va aerodromlarQishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etishGeodeziya, kartografiya va kadastr11.Toshkent tibbiyot akademiyasiDavolash ishiPediatriya ishiTibbiy profilaktika ishiStomatologiyaFarmatsiya (turlari boʻyicha)Sanoat farmatsiyasiOliy hamshiralik ishiHarbiy tibbiyot12.Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiJismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatSport faoliyati13.Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiBastakorlik sanʼatiSanʼatshunoslikAktyorlik sanʼatiRejissorlikDirijorlikVokal va cholgʻu ijrochiligiXoreografiyaKino-teleoperatorlikXalq ijodiyoti14.“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiIrrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanishSuv xoʻjaligi va melioratsiyaSuv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirishGidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish Yer tuzish va yer kadastriQishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashQishloq xoʻjaligini elektrifikatsiya qilish va avtomatlashtirish15.Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiYurisprudensiyaHuquqshunoslik 16.Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetiOʻzbek tili filologiyasi Oʻzbek tili va adabiyoti Oʻzbek-ingliz tili tarjimasi nazariyasi va amaliyoti 17.Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiZooinjeneriyaVeterinariya tibbiyoti18.Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markaziTasviriy va amaliy sanʼatDizaynSanʼatshunoslik: tasviriy va amaliy sanʼatMuzeyshunoslik (badiiy taʼlim yoʻnalishlarida)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga 2-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash kursi oʻquv rejasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
T/r Oʻquv modullari Oʻquv yuklamasini taqsimlash 1. Oliy taʼlimning normativ-huquqiy asoslari 5% 2. Taʼlimning ilgʻor texnologiyalari va pedagogik mahorat 15% 3. Taʼlim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash 10% 4. Xorijiy tilning amaliy kursi 15% 5. Tizimli tahlil qilish va qarorlar qabul qilish asoslari 10% 6. Maxsus fanlar 30% 7. Pedagogik amaliyot 10% 8. Malakaviy attestatsiya 5% Jami 100%
Izohlar:
1. Qayta tayyorlash kursining davomiyligi: 288 soat.
2. Oʻquv rejaning namunaviy tuzilmasida modullar boʻyicha oʻquv yuklamalarni oʻrtacha taqsimlash koʻrsatkichlari joriy qilingan.
3. Qayta tayyorlashdagi aniq yoʻnalishlarning oʻquv rejalari sohaning spetsifikasini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi (5 foizdan ortiq ogʻishishga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda yoʻl qoʻyiladi).
4. Qayta tayyorlashning oʻquv rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga 3-ILOVA
Davlat namunasidagi qayta tayyorlash MALAKA ATTESTATI (tavsifi)
Qayta tayyorlash va malaka oshirish toʻgʻrisidagi malaka attestati A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash MALAKA ATTESTATI” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MA va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Attestat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda olti karra himoyaga ega.
