Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (181k-son)
12.02.2015
Xorazm viloyati Xazorasp tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda), “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) asosan, tumandagi transport vositalarning 2015-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman;
1. Xazorasp tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (S. Abduraxmonov), Pitnak shahar militsiya boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (E. Sapayev) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlasinlar:
a) tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha;
b) tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 30-iyungacha va 1-sentabrdan 31-oktabrgacha);
v) jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, mazkur bandning “b” kichik bandida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
2. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2015-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Ushbu qarorning 1-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
4. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda YHXGga, tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatilishi tavsiya qilinsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 4-martdagi 255-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, Pitnak shahar militsiya boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2015-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
7. Ushbu qaror “Xazoraspnoma” gazetasida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M. Raximov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Oʻ. QURBANOV
Xazorasp t.,
2015-yil 12-fevral,
181q-son
Tuman hokimining 2015-yil 12-fevraldagi 181q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya
Tarkibi
S. Abduraxmonov — tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, serjant, komissiya raisi Komissiya aʼzolari I. Burxanov — tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi A. Masharipov — tuman “Yuk va yoʻlovchi tashish” transport boshqarmasi boshligʻi R. Roʻzmetov — Xorazm viloyat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tuman inspektori S. Xudashkurov — “Agrosugʻurta” Xazorasp tuman boʻlimi xodimi Pitnak shahar boʻyicha E. Sapayev — Pitnak shahar MB yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, kichik serjant, komissiya raisi Komissiya aʼzolari I. Burxanov — tuman mudofaa ishlar� boʻlimi boshligʻi A. Masharipov — tuman “Yuk va yoʻlovchi tashish” transport boshqarmasi boshligʻi A. Allanazarov — Xorazm viloyat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Pitnak shahar inspektori B. Aniyazov — “Agrosugʻurta” Pitnak shahar boʻlimi boshligʻi
Tuman hokimining 2015-yil 12-fevraldagi 181q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Xazorasp tumanidagi avtokorxona va tashkilotlarda tronsportlar, tirkamalarining 2015-yilda texnik koʻrikka taqdim qilish kunlari
JADVALI
T/r Avtoxoʻjalik nomi Texnik koʻrik oʻtkazish kuni Oʻtgan yilgi TV soni Tex koʻrik oʻtkazish joyi 1-bosqich 2-bosqich 1. Boltayev Qodirbergan MChJ 24.03.2015-yil 5 Oʻzida 2. Obodonlashtirish 25.03.2015-yil 5 Oʻzida 3. Ibroximbobo XK 26.03.2015-yil 3 YPX maskanda 4. Tuman aloqa boʻlimi 26.03.2015-yil 3 Oʻzida 5. Tuman DSENM 27.03.2015-yil 3 Oʻzida 6. Tuman veterinariya boʻlimi 27.03.2015-yil 2 Oʻzida 7. “Azamat” XIChSF 28-29.03.2015-yil 23.09.2015-yil Xazorasp 96-ATK 8. “Ilxom-Nazar trans” MChJ 28-29.03.2015-yil 23.09.2015-yil Xazorasp 96-ATK 9. Tuman Qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji 31.03.2015-yil 28.09.2015-yil 6 Oʻzida 10. Tuman IIB Yongʻin xavfsizligi boʻlimi 1.04.2015-yil 2.10.2015-yil 5 Oʻzida 11. Vatanparvar 2.04.2015-yil 2.10.2015-yil 14 Oʻzida 12. Neft mahsulotlari UK Xazorasp boʻlimi 3.04.2015-yil 3.10.2015-yil 16 Oʻzida 13. “Xazorasp-Invest universal” MChJ 4-5.04.2015-yil 4.10.2015-yil Xazorasp 96-ATK 14. “Baxtiyor Ixtiyor trans” MChJ 4-5.04.2015-yil 4.10.2015-yil Xazorasp 96-ATK 15. Tuproqqalʼa YXTFDUK Xazorasp uchastkasi 7.04.2015-yil 15 Oʻzida 16. Xazorasp Paxta tozalash OAJ 8.04.2015-yil 8.10.2015 13 Oʻzida 17. Qishloqxoʻjalikkimyo AJ Xazorasp boʻlimi 9.04.2015-yil 3 Oʻzida 18. Tuman Markaziy shifoxonasi 10.04.2015-yil 11 Oʻzida 19. Avto Modern MChJ 11-12.04.2015-yil 10.10.2015-yil Xazorasp 96-ATK 20. Gujumtrans XK 11-12.04.2015-yil 10.10.2015-yil Xazorasp 96-ATK 21. Xorazm Global Konstruksion MChJ 14-15.04.2015-yil 14.10.2015-yil 26 Xazorasp 96-ATK 22. Xazorasp 96-ATK 16-19.04.2015-yil 20.10.2015-yil 79 Oʻzida 23. OAJ shaklidagi Xorazm shakar QK filiali 21-24.04.2015-yil 22.10.2015-yil 49 Oʻzida 24. Qolgan mayda korxona va tashkilotlar 24-03-30.04.2015-yil 217 YPX maskanda
Pitnak shahridagi avtokorxona, tashkilotlarda va fermer xoʻjaliklarida mavjud boʻlgan transport vositalarini, tirkamalarini 2015-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish JADVALI T/r Yuridik shaxs nomi Transport soni Texnik koʻrik oʻtkazish joyi Texnik koʻrik oʻtkazish muddati 1-bosqich 2-bosqich 1. Obodonlashtirish boshqarmasi 2 93-son ATK 10.04.2015 2. Pitnaka 1-KYoXK 7 Oʻzida 10.04.2015 3. Xalq bank 1 93-son ATK 11.04.2015 4. Amu SGEM 3 93-son ATK 11.04.2015 5. Tuyamuyin mexanika taʼmir 1 93-son ATK 12.04.2015 6. Markaziy shifoxona 6 93-son ATK 12.04.2015 7. Pitnak DSENM 2 93-son ATK 13.04.2015 8. Tuyamuyin elektrotaʼmir MChJ 1 93-son ATK 13.04.2015 9. Qishloqxoʻjalikkimyo 9 93-son ATK 13.04.2015 10. MK vatanparvar tashkiloti 7 93-son ATK 15.04.2015 11. Pitnak Don 3 93-son ATK 15.04.2015 12. Drujba irmontaj 6 93-son ATK 17.04.2015 13. Tuyamuyin savdo 4 93-son ATK 17.04.2015 14. XAPO 31 Oʻzida 17.04.2015 17.10.2015 15. Tuyamuyin gidrouzelini ishlatish boshqarmasi 28 Oʻzida 18.04.2015 18.10.2015 16. Tuyamuyin GES 13 Oʻzida 18.04.2015 18.10.2015 17. Tuyamuyin maxsus qurilish xususiy korxonasi 5 93-son ATK 19.04.2015 18. Xazorasp avtogaz 3 93-son ATK 19.04.2015 19. 20-KKBD 5 93-son ATK 22.04.2015 20. Bioservis 12 93-son ATK 24.04.2015 25.10.2015 21. Pitnak elektr aloqa bogʻlamasi 3 93-son ATK 25.04.2015 22. 93-son avtotransport korxonasi 1 93-son ATK 25.04.2015 25.10.2015 23. Vetenariya boʻlimi 2 93-son ATK 26.04.2015 24. Umida fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 26.04.2015 25. Al-Arab fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 03.05.2015 04.11.2015 26. Usta Abdirim fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 06.05.2015 27. Moʻmin rais fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 08.05.2015 28. Abdirim-ota fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 08.05.2015 29. Yusupboy-Sapobek xususiy korxonasi 1 93-son ATK 09.05.2015 30. Xurriyat Bogʻbon fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 10.05.2015 31. Temir-beton maxsus taʼmir 1 93-son ATK 10.05.2015
