Davlatlararo bank taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida (947-XII-son)
03.09.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Minskda 1993-yil 22-yanvarda imzolangan Davlatlararo bank taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Davlatlararo bank Kengashidagi muxtor vakili va uning ikki oʻrinbosarini tayinlash Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
947-XII-son
