182-modda. Radioaloqaning maxfiyligi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-388-son) · Sana: 09.06.2015 · Amalda
Boshqa shaxs uchun moʻljallangan radioxabar qabul qilingan taqdirda uni qayd qilish, uning mazmunini va mavjudligi faktini oshkor etish, tarqatish yoki oʻzgartirish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Maxfiy axborotni, shu jumladan davlat sirlari mavjud boʻlgan maʼlumotlarni axborotning sertifikatlashtirilgan kriptografik himoya vositalaridan foydalanmagan holda radioaloqa kanallari orqali uzatish taqiqlanadi.
Radiochastota organlari tomonidan amalga oshiriladigan radiochastota spektri monitoringi radioaloqaning maxfiyligini buzish hisoblanmaydi”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 3-mayda qabul qilingan “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-7-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 219-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 11-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) 15-moddaning birinchi qismidagi “ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-155-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 8-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga ziyon yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararlarning oʻrnini tashuvchi tomonidan qoplash majburiyati”;
toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
11-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi 866-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 250-modda);
