Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (189-son)
31.05.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 29-maydagi PF-3078-son Farmonini bajarish va import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish, import boj poshlinalarini unifikatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. Idoralararo boj-tarif Kengashi (E.M. Gʻaniyev) oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importi tarkibi hamda hajmlarining mutanosibligi ustidan doimiy monitoringni taʼminlasin va zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga tashqi savdo operatsiyalarini tarif bilan va tarifsiz tartibga solish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar koʻrishga doir takliflar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 31-may,
189-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 189-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 2-fevraldagi 66-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 9-modda) 1 va 2-bandlari, shuningdek 1-ilovasi 2002-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
