Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (188-son)
31.05.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar mazkur Farmon qabul qilingan sanada yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda berilgan tasdiqnomaga ega boʻlgan shaxslarga, ular pensiya yoshiga yetganda tatbiq etiladi.
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagani toʻgʻrisidagi tasdiqnomaga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni:
sanatoriy-kurortga har yilgi bepul yoʻllanmalar bilan taʼminlash, tibbiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda ishlayotganlar uchun ish joyi boʻyicha Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sugʻurta budjeti mablagʻlari hisobiga, ishlamayotganlar uchun esa bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari orqali davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
bepul protez-ortopediya buyumlari (tishni protezlashdan tashqari) va eshitish apparatlari bilan taʼminlash belgilangan tartibda berilgan tibbiy xulosalarga binoan amalga oshiriladi.
3. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi nogironligi boʻlgan shaxs shaxslarga sogʻlomlashtirish uchun har yili bir yoʻla beriladigan moddiy yordam:
ishlamayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarga — yashash joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan;
ishlayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarga — asosiy ish joyidan toʻlanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi radiatsiyadan zarar koʻrgan sobiq harbiy xizmatchilardagi rivojlangan kasalliklar sabablarini va ularning professional xarakterini aniqlash metodini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Shu asosda yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarning pensiya yoshi surishtirib aniqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarning imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomasi shaklini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda ushbu guvohnomalarning tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari orqali berilishini amalga oshirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 31-may,
188-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga 1-ILOVA
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari
ROʻYXATI
T/rF.I.O.Tugʻilgan yiliQoraqalpogʻiston Respublikasi1.Chimbergenov Maxset1949-y.2.Shamuratov Muratbay Xaytbayevich1971-y.3.Madreimov Sadulla1955-y.4.Tolibayev Ali1949-y.5.Erimbetov Erkinbay Kurbanbayevich1950-y.6.Tilavov Saparbay Allayarovich1958-y.7.Xidirov Adambay1958-y.8.Abduraxmanov Maxmud Ibragimovich1958-y.9.Naurizbayev Djumagali Muratbayevich1962-y.10.Atamuratov Oralbay Jumanazarovich1962-y.11.Kadirov Ruslan Jumaniyazovich1962-y.12.Sultanov Amangeldi Yembergenovich1962-y.13.Kamalov Tursinbay Jumabayevich1962-y.14.Sayekeyev Kuandik Alimbetovich1962-y.15.Allambergenov Maqsetbay Sarsenbayevich1962-y.16.Abdujabbarov Xojaxmet Abdusametovich1962-y.17.Turemuratov Satbay Duysenbayevich1967-y.Andijon viloyati1.Abdullayev Shuxratbek Solijonovich1968-y.2.Abdurayimov Mergan1953-y.3.Kaxarov Maxamadjon Rasulovich1956-y.4.Saydaliyev Saidazim Maribjonovich1965-y.5.Soliyev Abdukarim1950-y.6.Turgunov Obbosxon1955-y.Buxoro viloyati1.Gulomov Xolikjon Muxammedovich1959-y.2.Sharipov Ergash Rashidovich1959-y.3.Shamuradov Maruf Ergashevich1960-y.4.Salixov Muxitdin Satridinovich1959-y.5.Samandarov Normurod Toʻxtayevich1959-y.6.Mamirov Toʻraxon Joʻrayevich1956-y.7.Vinogradov Aleksandr Leonidovich1964-y.Jizzax viloyati1.Inatov Baxodir Pardayevich1970-y.2.Mamatov Axmat Raxmatovich1960-y.3.Normuradov Shukur1942-y.4.Toshtemirov Olim1957-y.5.Sirliboyev Xoldor1942-y.6.Suvanov Gulom1944-y.7.Xaydarov Gʻani1942-y.8.Oʻrolov Poʻlat Kamol oʻgʻli1947-y.9.Azizov Amin Xakimovich1959-y.10.Axmedov Saparbek Asilovich1960-y.11.Xakimov Baxridin Buribayevich1960-y.Qashqadaryo viloyati1.Maxmudov Usan Annayevich1972-y.2.Eshonqulov Bolta1947-y.Navoiy viloyati1.Azalov Yusuf Aliyevich1970-y.2.Babayev Neʼmatjan Raxmatovich1957-y.3.Raxmatov Baxtiyor Negmatullayevich1967-y.4.Tojiyev Rashid Xalbayevich1964-y.5.Krasavin Anatoliy Vasilyevich1942-y.Namangan viloyati1.Djaparxodjayev Abdulla Tadjibayevich1952-y.2.Abduraximov Shuxrat Abdukarimovich1955-y.3.Saxibov Alijon Mamedalevich1953-y.Samarqand viloyati1.Axmedov Dusmuxammat Arzikulovich1947-y.2.Axmedov Raxmat1947-y.3.Bulakov Aliqul1953-y.4.Ganiyev Neʼmat Otakulovich1949-y.5.Djumayev Ganisher Raimovich1962-y.6.Ibragimov Nasrdin Norbekovich1949-y.7.Kozakov Eshdavlat1941-y.8.Kayupov Asxad Umirzakovich1969-y.9.Kravchenko Anatoliy Vladimirovich1946-y.10.Qoʻchqarov Xujaqul1949-y.11.Mamadaliyev Erkin1949-y.12.Mansurov Marufjon Yevgenyevich1947-y.13.Mardiyev Mitan1949-y.14.Norbekov Saxadin1949-y.15.Obruyev Hamroqul1945-y.16.Pirniyazov Nurmurot1949-y.17.Sattarov Pardavoy1953-y.18.Suyarov Xamza1949-y.19.Tohirov Abulqosim Daminovich1947-y.20.Tuxsanov Tashkent1947-y.21.Ubaydullayev Eshpulat1953-y.22.Usmanov Sharifboy Shodmanovich1959-y.23.Usmonov Urol Axmadovich1949-y.24.Xasanov Erkin1949-y.25.Ximmatov Nurillo Xafizovich1967-y.26.Xusanov Usman Xandamovich1963-y.27.Xushvaktov Mamaraxim1947-y.28.Yalgashev Nuriddin1949-y.29.Nazirberdiyev Kulmurad1946-y.30.Mitanov Eshnazar1949-y.31.Kurdashov Berkin Kurdashovich1946-y.32.Razzoqov Ismoil Irgashovich1954-y.33.Eliboyev Bobokul1953-y.34.Rasulev Qahromon Irnazarovich1954-y.35.Axtamov Baxrom1954-y.36.Karimov Abdikaxor1953-y.37.Maxmudov Rauf1948-y.38.Gichuns Valeriy Mushexovich1947-y.39.Shomuratov Ochil1953-y.40.Abdigʻaniyev Xolmirza1949-y.41.Burxanov Surman1949-y.42.Davirov Saytkul1949-y.43.Qabilov Iskandar Siddiqovich1949-y.44.Quvondiqov Ali Joʻrayevich1953-y.45.Kabilov Chorshamboy Alimovich1954-y.46.Oripov Marup1949-y.47.Toshtemirov Shodmon1949-y.48.Xakimov Buron Karshiyevich1949-y.49.Shukurov Saydazim Murotovich1948-y.50.Abbazov Asral1953-y.51.Kadirov Xodikul Amonovich1949-y.52.Shamurzayev Axror1953-y.53.Tursinov Bazarboy Abdisalamovich1960-y.54.Ochilov Asomiddin Berdiyevich1957-y.Surxondaryo viloyati1.Yusupov Kurbanmurat Mirzayevich1964-y.2.Djurayev Babakul1947-y.3.Xidirov Safar Almardanovich1947-y.4.Suxovetchenko Yuriy Borisovich1947-y.5.Muratov Usman Xudayshukurovich1947-y.6.Karshiyev Chori1947-y.7.Xudaynazarov Azam Abdullayevich1947-y.8.Qurbanov Abdullo1946-y.Sirdaryo viloyati1.Osmanov Ibragim Abdurashitovich1959-y.2.Rasulov Turdibay Karshibayevich1947-y.3.Salixov Kurbanbay Saypovich1958-y.4.Tashmetov Raximbek Gaipovich1942-y.5.Xidirov Xolbek Nazarovich1957-y.Toshkent viloyati1.Aynabekov Erkinbek Meldebekovich1971-y.2.Axmedov Ibroxim Raxmanovich1971-y.3.Babamuratov Raxim Ishanovich1960-y.4.Davranov Toʻlqin1946-y.5.Joʻrayev Baxodir Isakovich1972-y.6.Ibragimov Qorshiboy1940-y.7.Islamxodjayev Murodxodja Muxamadxodjayevich1967-y.8.Ismagulov Saitkarim1947-y.9.Mavlonov Qodirqul Oqboyevich1962-y.10.Madyarov Gulomdin1956-y.11.Pinayev Sergey Ivanovich1950-y.12.Pirmatov Toyir Agzamovich1945-y.13.Saydazimov Xamidullo Saydumarovich1941-y.14.Sunnatov Rixsibay1951-y.15.Tojiboyev Boxodir Mirsoatovich1962-y.16.Toʻlaganov Muxidin Maxkamboyevich1962-y.17.Umurzakov Erkin1947-y.18.Xojimuxamedov Abdijabbor1947-y.19.Xasilov Tulkin Alimovich1962-y.20.Egamberdiyev Baxtiyor Maxamadjanovich1970-y.21.Eshanov Narxodja Ganiyevich1957-y.22.Yusupdjanov Abdusalam1951-y.23.Rustamov Darob Ergashevich1950-y.24.Joʻrayev Baxtiyor Obloqulovich1950-y.25.Jamilov Mirkomil1950-y.26.Joʻrayev Jamol1950-y.27.Vakiyev Xalil1950-y.28.Ismoilov Saidgʻani1950-y.29.Riskiboyev Atxamboy1950-y.30.Dadaxoʻjayev Sayfulla1950-y.31.Sunnatov Xakimboy1950-y.32.Joʻraboyev Yoʻldashvay1950-y.33.Kabirov Xusen1950-y.34.Satiboldiyev Abduvali1950-y.35.Nuraliyev Nuriddin Turdiyevich1950-y.36.Gʻopurov Akrom Gʻaniyevich1950-y.37.Amanov Miragzam1949-y.38.Musurmonqulov Abdunazar Niyozaliyevich1950-y.39.Abdivoyitov Toʻlagan1950-y.40.Anarkulov Avalbay1950-y.41.Irgashev Abdullaxon1949-y.42.Kalanov Srojitdin1950-y.43.Mirxaitov Mirjoʻra1950-y.44.Mamadaliyev Sherali Anvarovich1950-y.45.Nuritdinov Asatilla Tillabayevich1950-y.46.Saparov Rajabqul Mahkamovich1950-y.47.Soliyev Ergashboy1949-y.48.Soatov Shuxrat Uchqunovich1950-y.49.Ubaydullayev Sultanbay1950-y.50.Usmonaliyev Obidali1950-y.51.Masparov Yunusbek1946-y.Fargʻona viloyati1.Omonov Nabijon Abdujalilovich1970-y.2.Askarov Yunusali Mexmonkuziyevich1971-y.3.Yermatov Tolib Xolmatovich1961-y.4.Qadirov Juma Ibragimovich1968-y.5.Karimov Muxtor Maripovich1967-y.6.Kobilov Muzaffar Komilovich1965-y.7.Kuldashev Faxriddin Yusupovich1972-y.8.Kurbonov Abdugʻani Abduvaliyevich1966-y.9.Maxsudov Muxtor Maxmudovich1964-y.10.Mamatov Azamat Akramjonovich1964-y.11.Mamatov Baxtiyarxodja Xodixodjayevich1964-y.12.Meliboyev Mirzaakram Komilovich1968-y.13.Meliboyev Shuxratjon Malikjonovich1964-y.14.Mirvaliyev Zafarjon Raxmonovich1971-y.15.Nomozov Nosir Kimsanovich1965-y.16.Norboyev Mirzali Asqarovich1961-y.17.Nosirjonov Ruzimatjon Zokirovich1963-y.18.Nurmatov Aʼzamjon Eshmatovich1970-y.19.Nurmatov Sharifjon Obidovich1970-y.20.Saliyev Azamjon Mamadjanovich1968-y.21.Saliyev Sabirjon Gulamovich1966-y.22.Soliyev Ulmasali Yakubovich1958-y.23.Umarov Alijon Akbarovich1965-y.24.Umarov Baxtiyor Tojimatovich1973-y.25.Xaydarov Maxmud Nazirovich1959-y.26.Xamraqulov Zakirdjon Kadirovich1962-y.27.Xasanov Mirzaakbar Muxamadjonovich1972-y.28.Shomuratov Voxobjon Xolmatovich1967-y.29.Egamberdiyev Mamirjon Abdullayevich1960-y.30.Shegolev Aleksandr Nikolayevich1956-y.31.Raximov Maxmudjon1941-y.32.Masharipov Qosimjon1947-y.Toshkent shahri1.Abdidov Aziz Tulyaganovich1932-y.2.Azizov Vagif Aminaga-ogli3.Vaxidov Rashid1956-y.4.Gladkov Vladimir Vladimirovich1939-y.5.Isakova Nadejda Mixaylovna1967-y.6.Margun Aleksey Ivanovich1948-y.7.Nedobejkin Vladimir Alekseyevich1949-y.8.Pogosova Svetlana Yuryevna1946-y.9.Poʻlatov Rustamjon1960-y.10.Savinix Valentin Fedorovich1949-y.11.Xakkulov Zokir Baxromovich1947-y.12.Xasanov Ziyomidin Gulamidinovich1962-y.13.Xasanov Mogsum Merdenovich1951-y.14.Xasanov Firutdin Nurullayevich1951-y.15.Yashuzakov Amir Batirovich1960-y.16.Tagayev Sayitkul Jurakulovich1945-y.17.Abdulov Ilsuyar Shafigovich1950-y.18.Botsmanov Vladimir Grigorevich1948-y.19.Yunkova Margarita Giniyatovna1949-y.20.Giyazov Fattax Payazovich1959-y.21.Kasimov Mirza-Nasir Muratovich1960-y.22.Glazunov Vladimir Ivanovich1959-y.23.Alisherov Berdiyer Saitxanovich1960-y.24.Yusupov Mirobid Mirsalixovich1963-y.
Izoh: Respublika boʻyicha jami 225 kishi.
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlash chegarasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 28-fevraldagi 71-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 12-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “xavfli oʻsmalar bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan xodimlarga” soʻzlaridan keyin “yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi nogiron xodimlarga” soʻzlari qoʻshilsin.
