Akkreditatsiya kartochkasining shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida (2681-son)
04.06.2015
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2681]
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Akkreditatsiya kartochkasining shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
akkreditatsiya kartochkasiga akkreditatsiyadan oʻtkazilgan shaxsning Nodavlat notijorat tashkilotlarining akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy fuqarolar boʻlgan xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari davlat reyestridagi tartib raqamiga muvofiq raqam beriladi;
akkreditatsiya kartochkasi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi;
yozuvlari oʻchirilgan, rasmi koʻchirilgan, yirtilgan yoki boshqacha tarzda yaroqsiz holga keltirilgan akkreditatsiya kartochkalari haqiqiy hisoblanmaydi.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (J. Achilov) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 4-iyun,
179-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 4-iyundagi 179-mh-sonli buyrugʻiga ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 299-modda)
