“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son) · Sana: 03.06.2015 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar egasi emitent qimmatli qogʻozlari har qanday turining 35 va undan ortiq foizini olganligi haqidagi axborotni oshkor etishi shart.
Aksiyalar egasi mustaqil ravishda yoki affillangan shaxslar bilan birgalikda bir yoki bir nechta bitim tuzish natijasida aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining jami 20 va undan ortiq foizini tashkil etuvchi aksiyalar paketini olganligi haqidagi axborotni oshkor etishi shart.
Qimmatli qogʻozlar egalarining axborotni oshkor etishi tartibi va muddatlari qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2662539
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 47-modda. Axborotning qimmatli qogʻozlar egasi tomonidan oshkor qilinishi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son). neolex.uz/uz/laws/law-2662541/47 (lex.uz/docs/-2662539)