37-modda. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oʻtishi
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son) · Sana: 03.06.2015 · Amalda
Hujjatsiz qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvaragʻi boʻyicha tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi va depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
Nettingdan foydalanilganda qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlar oʻtishining oʻziga xos xususiyatlari qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Egasining nomi yozilgan hujjatli qimmatli qogʻozga boʻlgan mulk huquqi oluvchiga qimmatli qogʻoz blankasiga belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi.
Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oʻtgan paytdan eʼtiboran oluvchiga oʻtadi.
