35-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son) · Sana: 03.06.2015 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari qonunchilik hamda shartnoma bilan tartibga solinadi.
Mijozlar hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiya vositachisi uzaytirish imkoniyati bilan bir yil uchun tuziladigan shartnoma asosida mijozlarga:
mijozning nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlari;
oʻz nomidan, lekin mijozning hisobidan brokerlik xizmatlari;
depozitar xizmatlar koʻrsatadi.
Investitsiya vositachisi mijozlarga depo hisobvaraqlari ochishga, qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish uchun ularning topshiriqlarini qabul qilishga, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda mijozlarga elektron shaklda va oʻzga aloqa vositalari orqali boshqa xizmatlarni koʻrsatishga haqli.
