Urush qurbonlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyalariga hamda xalqaro tusdagi va xalqaro boʻlmagan tusdagi qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyalariga doir qoʻshimcha protokollarga qoʻshilish haqida (946-XII-son)
03.09.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
“Harakatdagi armiyalardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida” 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasiga;
“Halokatga uchragan kemalarning dengizdagi qurolli kuchlar tarkibidan boʻlmish yaradorlari, bemorlari va shaxslarining qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida” 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasiga;
“Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida” 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasiga;
“Urush vaqtida fuqaro aholini himoya qilish toʻgʻrisida” 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasiga;
Xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli, 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasiga doir 1977-yil 26-sentabrdagi qoʻshimcha protokolga (1 protokol);
Xalqaro boʻlmagan tusdagi qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli, 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasiga doir 1977-yil 26-sentabrdagi qoʻshimcha protokolga (II protokol) qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
946-XII-son
