24-modda
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisida · Sana: 21.12.1965 · Amalda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi, ushbu Konvensiyaning 17-modda 1-bandida eslatib oʻtilgan barcha davlatlarga quyidagi maʼlumotlarni xabar beradi:
a) 17 va 18-moddalarga muvofiq imzolash, ratifikatsiya qilish va qoʻshilish toʻgʻrisida;
b) 19-moddaga muvofiq ushbu Konvensiyani amalga kiritish sanasi toʻgʻrisida;
s) 14, 20 va 23-moddalarga muvofiq olingan axborotlar va Deklaratsiyalar toʻgʻrisida;
d) 21-moddaga muvofiq bekor qilishlar toʻgʻrisida.
