“Oʻzcharmsanoat” uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida (76-son)
04.03.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 23-fevraldagi PF-2552-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilansinki, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining raisi va uning oʻrinbosarlari Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq saylanadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar.
3. Maqomi, maishiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha uyushma boshqaruvi raisi — vazirga, rais oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi vazirining oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Teri xom ashyosi xarid qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 4-dekabrdagi 510-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 4-mart,
76-son
