9-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-386-son) · Sana: 26.05.2015 · Amalda
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni (bundan buyon matnda sugʻurta tovoni deb yuritiladi) sugʻurtalovchi tomonidan toʻlansa, sugʻurta summasi toʻlangan sugʻurta tovoni summasi miqdorida kamaytiriladi. Bunda sugʻurta summasini tiklash uchun tashuvchi toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga hamda mazkur shartnomaning qolgan amal qilish muddatiga mutanosib sugʻurta mukofotini sugʻurtalovchining tegishli bildirishnomasi olinganidan keyin yetti ish kuni ichida qoʻshimcha ravishda toʻlashi shart.
