Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida konsalting xizmatlarini tashkil qilish boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (599-1-son)
25.05.2015
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 599-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 27-iyundagi 408-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida konsalting xizmatlarini tashkil qilish boʻyicha koʻrsatmalari (roʻyxat raqami 599, 1999-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 1-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-may,
12/9-son
