Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (496-son)
07.04.2015
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son 197-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq, transport vositalarining 2015-yilgi texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq:
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish hududiy jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda, oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
4. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
5. Qarorning 4-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarning texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkazilishi inobatga olinsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 7-apreldan — 30-iyunga qadar;
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 7-apreldan — 31-avgustga qadar oʻtkazilsin.
6. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi (A. Ashurov)ga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash vazifasi yuklatilsin.
7. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Tuman ichki ishlar boʻlimi (R. Tugalov) majburiy texnik koʻrik yakuni toʻgʻrisida tuman hokimligiga axborot taqdim etsin.
10. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 10-fevraldagi 83-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Mamarajabov zimmasiga, ijrosini tashkil etish tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi R. Tugalov zimmasiga yuklatilsin.
12. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. TILABOV
Gʻallaorol t.,
2015-yil 7-aprel,
496-son
Tuman hokimining 2015-yil 7-apreldagi 496-sonli qaroriga 1-ILOVA
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining
TARKIBI
T/r Familiyasi, ismi Lavozimi 1. A. Ashurov Tuman IIB YHXB boshligʻi, komissiya raisi 2. A. Nishonov Tuman YXTPFK mexanigi, komissiya aʼzosi 3. E. Xoʻjaqulov Tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi inspektori, komissiya aʼzosi 4. J. Jabborqulov Gʻallaorol tuman “OʻzAgroSugʻurta” DASK vakili, komissiya aʼzosi
Tuman hokimining 2015-yil 7-apreldagi 496-sonli qaroriga 2-ILOVA
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/R Korxona, tashkilotlar nomi Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi Transport vositalari soni Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joyi Masʼul xodimlar 1. Qishloq xoʻjalik Ximiyalashtirish birlashmasi 15.04.15 yil 4 Oʻz avtosaroyida I.Yusupov 2. Xalq Banki Gʻallaorol filiali 17.04.15 yil 1 Oʻz avtosaroyida Z.Kubayev 3. Oʻzbekiston-X f/x 20.04.15 yil 2 Oʻz avtosaroyida G.Mamatqulova 4. “Miramaks Madad” x/k 22.04.15 yil 4 Oʻz avtosaroyida Oʻ.Turdiyev 5. Qoʻytosh koni 24.04.15 yil 6 Oʻz avtosaroyida E.Raxmonov 6. Tuman hokimiyati 27.04.15 yil 8 Oʻz avtosaroyida A.Tilabov 7. Zargarsoy F/X 29.04.15 yil 4 Oʻz avtosaroyida 8. “Sangzor – Parranda” x/k 02.05.15 yil 13 Oʻz avtosaroyida D.Bazarov 9. Gool-Temur x/k 04.05.15 yil 1 Oʻz avtosaroyida 10. MKT “Vatanparvar” 06.05.15 yil 10 Oʻz avtosaroyida R.Baxromov 11. Gʻallaorol MGQB 08.05.15 yil 61 Oʻz avtosaroyida A.Xayitboyev 12. Marjonbuloq 11-avtokorxona 11.05.15 yil 72 Oʻz avtosaroyida B.Bolbekov 13. “Jizzaxneftbaza” UK Lalmikor filiali 13.05.15 yil 16 Oʻz avtosaroyida Gʻ.Xaydarov 14. “Gʻallaorol tuman gaz” filiali 15.05.15 yil 5 Oʻz avtosaroyida O.Sodiqov 15. SEGʻDUITI Gʻallaorol filiali 19.05.15 yil 4 Oʻz avtosaroyida R.Siddiqov 16. Obodonlashtirish boshqarmasi 20.05.15 yil 5 Oʻz avtosaroyida X.Mamaraximov 17. Gʻallaorol pochtasi Aloqa boʻlimi 21.05.15 yil 2 Oʻz avtosaroyida A.Karimov 18. Tuman xalq taʼlimi 22.05.15 yil 8 Oʻz avtosaroyida A.Suyunov 19. Gʻallaorol tibbiyot birlashmasi 23.05.15 yil 8 Oʻz avtosaroyida D.Mamatmurodov 20. Tuman Elektr tarmoqlari korxonasi 25.05.15 yil 6 Oʻz avtosaroyida L.Gʻaybullayev 21. Politron Nerud M.Ch.J 26.05.15 yil 4 Oʻz avtosaroyida 22. Davr-M xususiy korxonasi 27.05.15 yil 1 Oʻz avtosaroyida 23. Didosa Paint xorijiy korxonasi 28.05.15 yil Oʻz avtosaroyida 24. Diyor xususiy firmasi 29.05.15 yil 2 Oʻz avtosaroyida K.Nazarov 25. Gʻallaorol Ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji 30.05.15 yil 1 Oʻz avtosaroyida I.Ravshanov 26. Tuyatortar Q.L.I 01.06.15 yil 6 Oʻz avtosaroyida A.Yovqochdiyev 27. Tuman avtomobil yoʻllar boshqarmasi 02.06.15 yil 11 Oʻz avtosaroyida A.Bolbekov 28. Tuman Moliya boʻlimi 03.06.15 yil 1 G –Kamola MChJ S.Xaydarov 29. Don qabul qilish MChJ 04.06.15 yil 2 G –Kamola MChJ S.Begiboyev 30. Koʻkgumbaz Sharof x/kor. 05.06.15 yil 1 G –Kamola MChJ A.Baxromov 31. Mansurbek-Gʻayrat KTXK 06.06.15 yil 2 G –Kamola MChJ 32. Oʻzagrosugʻurta DASK 08.06.15 yil 1 Oʻz avtosaroyida A.Soliyev 33. Gʻallaorol Dav. Nav sinash 09.06.15 yil 1 Oʻz avtosaroyida A.Xoldorov 34. Shahnozaoy KTXF 10.06.15 yil 2 Oʻz avtosaroyida N.Xojiyev 35. Transport va Sanoat kasb-hunar kolleji 11.06.15 yil 1 Oʻz avtosaroyida Sh.Sindarov 36. Spiker Flesh xususiy korxonasi 12.06.15 yil 1 Oʻz avtosaroyida 37. Gʻayratjon oʻgʻli Abduvahob f/x. 13.06.15 yil 1 Oʻz avtosaroyida 38. “Yonboshtut” koʻp tarmoqli f/x 15.06.15 yil 2 Oʻz avtosaroyida A.Ubaydullayev 39. Gʻallaorol Avtotrans Servis M.Ch.J 16.06.15 yil 2 Oʻz avtosaroyida 40. “Shodlik-D” f/x 17.06.15 yil 1 Oʻz avtosaroyida 41. OOO “Koʻkgumbaz-1” M.Ch.J 18.06.15 yil 2 Oʻz avtosaroyida 42. Gʻallaorol Sanoat kasb-hunar kolleji 19.06.15 yil 4 Oʻz avtosaroyida A.Fozilov 43. Gʻallaorol Iqtisodiyot kolleji 20.06.15 yil 2 Oʻz avtosaroyida X.Fayzullayev 44. Sanjar Fayz xususiy firmasi 22.06.15 yil 4 Oʻz avtosaroyida R.Sandiboyev 45. Gʻallaorol mebel AKFA Servis x/k 23.06.15 yil 1 Oʻz avtosaroyida A.Nomozov 46. Marjon suvi sanatoriyasi 24.06.15 yil 2 Oʻz avtosaroyida S.Mamayusupov 47. Tuman davlat soliq inspeksiyasi 25.06.15 yil 2 Oʻz avtosaroyida A.Islomov 48. “Xonimqoʻrgʻon -2” fermer xoʻjaligi 26.06.15 yil 2 Oʻz avtosaroyida 49. Barcha fermer xoʻjaliklar, xususiy korxonalar va M.Ch.Jlar 07.04-28.06.15 y. 73 G-Kamola MChJ Roʻyxat boʻyicha
Tuman hokimining 2015-yil 7-apreldagi 496-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish hududiy
JADVALI
T/r Hududlar nomi Hafta kunlari Dushanba Seshanba Chorshanba Payshanba Juma 1. Marjonbuloq ShFY X 2. Qoʻytosh ShFY X 3. Madaniyat QFY X 4. Buloqboshi QFY X 5. Guliston QFY X 6. Tozaurugʻ QFY X 7. Mirzabuloq QFY X 8. Mulkush QFY X 9. Moltob QFY X 10. Gʻoʻbdun QFY X 11. Xonimqoʻrgʻon QFY X 12. Qipchoqsuv QFY X 13. Jiydali QFY X 14. Gulchambar QFY X 15. Korizquduq QFY X 16. Koʻkbuloq QFY X 17. Samarqand MFY X 18. Olimlar MFY X 19. Alamli MFY X 20. Doʻstlik MFY X 21. Baxt MFY X 22. Gʻ.Gʻulom MFY X 23. Qashqabuloq MFY X 24. Oqtosh MFY X 25. Sarbozor MFY X 26. Savruk MFY X 27. Lalmikor MFY X 28. Oqtom MFY X
