Oʻzbekiston Respublikasining 1963-yilda Tokioda imzolangan Havo kemasi bortida sodir etiladigan jinoyatlar va baʼzi boshqa aktlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilishi haqida (81-I-son)
06.05.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1963-yilda Tokioda imzolangan Havo kemasi bortida sodir etiladigan jinoyatlar va baʼzi boshqa aktlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
81-I-son
