1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Energetika Xartiyasiga doir Shartnomani hamda energetika samaradorligi va turdosh ekologik jihatlar masalalari boʻyicha Energetika Xartiyasiga doir Protokolni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida (192-I-son)
22.12.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Energetika Xartiyasiga doir 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Shartnoma ratifikatsiya qilinsin;
Energetika samaradorligi va turdosh ekologik jihatlar masalalari boʻyicha Energetika Xartiyasiga doir 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Protokol ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
192-I-son
