Madaniyat sohasida 2013-2015-yillarga moʻljallangan hamkorlik
14.06.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi oʻrtasida
Dastur
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
koʻp asrlik umumiy tarixiy rivojlanishga, anʼanaviy madaniy-gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarga asoslanib,
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida madaniyat, sogʻliqni saqlash, fan, taʼlim, turizm va sport sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida 1994-yil 10-yanvarda imzolangan Bitimga amal qilib,
sohaviy hamkorlik dasturlari shaklidagi idoralararo sheriklik tajribasini ijobiy baholab,
va bu tajribani rivojlantirishga qaror qilib,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlar ushbu Dastur va uning ajralmas qismi sifatida unga ilova qilingan Tadbirlar rejasiga muvofiq madaniyat va sanʼat sohasida hamkorlik qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadilar.
2-modda
Har bir Tomon oʻz vakolati doirasida va oʻz davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq, boshqa Tomonning tadqiqotchilari va rasmiy shaxslari uchun oʻz davlatlaridagi muzey va muzey-qoʻriqxonalari fondlaridan foydalanish uchun ruxsatni taʼminlashda koʻmaklashadilar.
Tomonlar bir-birlari bilan Tomonlar davlatlarining tarixi va madaniyati uchun ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan masalalar boʻyicha maʼlumot almashishni (elektron va qogʻoz shaklida) faol yoʻlga qoʻyadilar.
Tomonlar olingan maʼlumotdan faqat ilmiy maqsadlarda foydalanishda va uni uchinchi shaxsga berishda, uni taqdim qilgan Tomonning oldindan roziligini olishi lozim.
3-modda
Tomonlar tarixni va madaniy obidalarni restavratsiya qilish, konservatsiyalash va muzeylashtirish masalalari boʻyicha bir-birlariga konsultativ yordam koʻrsatadilar.
4-modda
Tomonlar oʻzbek va qozoq ijodiy jamoalari va ijrochilarining Tomonlar davlatlari hududlarida oʻtkaziladigan xalqaro festivallar va tanlovlarda ishtirok etishiga koʻmaklashadilar.
5-modda
Tomonlar oʻzlarining vakolatlari doirasida Qozogʻiston Respublikasidagi oʻzbek diasporasi va Oʻzbekiston Respublikasidagi qozoq diasporasi tashabbuslari bilan oʻtkaziladigan xalqlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan madaniy tadbirlarni tashkil qilishda koʻmaklashadilar.
6-modda
Tomonlar oldindan kelishuv asosida, ushbu Dasturning amal qilishi nihoyasiga qadar rasmiy delegatsiyalar tashriflari bilan almashadilar.
7-modda
Har bir Tomon ushbu Dastur amal qilish davrida oʻzining rasmiy veb-saytida boshqa Tomonning veb-sayti va logotipiga havolani, shuningdek ushbu Dastur matnini joylashtiradilar.
8-modda
Ushbu Dasturda nazarda tutilgan barcha faoliyat turlari Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga asosan amalga oshiriladi va moliyalashtiriladi.
Bunda, agar har bir alohida holatda xarajatlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq boshqacha tartib kelishib olinmasa, har bir Tomon mustaqil ravishda, ushbu Dasturni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydi.
9-modda
Ushbu Dastur qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllashda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, Tomonlar ularni muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qiladilar.
Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha ushbu Dasturga, uning ajralmas qismi boʻlgan tegishli bayonnomalarni imzolash yoʻli bilan, oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ushbu Dastur imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va 2015-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.
Toshkent shahrida 2013-yil 14-iyunda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Dastur qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi oʻrtasida madaniyat sohasida 2013 — 2015-yillarga moʻljallangan hamkorlik Dasturiga ILOVA
Tadbirlar rejasi
T/r Tadbirlar mazmuni Oʻtkazish muddatlari Masʼullar Oʻzbekiston Respublikasi Qozogʻiston Respublikasi 1. Qozogʻiston Respublikasida oʻtkaziladigan xalqaro musiqa va raqs festivallari, xonandalar, pianinochilar, skripkachilar, balet artistlarining xalqaro tanlovlarida oʻzbek madaniyat va sanʼat arboblarining ishtirok etishi 2013 — 2015-yillar Madaniyat va sport ishlari vazirligi (keyingi oʻrinlarda — MSV) Madaniyat va axborot vazirligi (keyingi oʻrinlarda — MAV) 2. Qozogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi teatr jamoalarining Tomonlar davlatlari hududlarida oʻtkaziladigan teatr festivallarida ishtirok etishi 2013 — 2015-yillar MSV MAV 3. Qozogʻiston rassomlarining Toshkent — 2013 zamonaviy sanʼat biyennalesida ishtirok etishi 2013-yil Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi MAV 4. Qozogʻiston madaniyat va sanʼat arboblarining “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirok etishi 2013-yil MSV MA� 5. Qozogʻiston Respublikasi fotosuratchilarining Toshkent xalqaro fotosuratchilar biyennalesi — 2014da ishtirok etishi 2014-yil Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi MAV 6. Qozogʻiston Respublikasida oʻtkaziladigan Xalqaro kinofestivallarda oʻzbek vakillarining ishtirok etishi 2013 — 2015-yillar “Oʻzbekkino” MA MAV 7. “Toshkent quvonchlari — 2014” xalqaro bolalar rasmlari biyennalisida qozoq vakillarining ishtirok etishi 2014-yil Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi MAV 8. Qozogʻistonlik rassomlarining Toshkent — 2015 zamonaviy sanʼat biyennalesida ishtirok etishi 2015-yil Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi MAV 9. Toshkentda oʻtkaziladigan tasviriy sanʼat haftaligida qozogʻistonlik rassomlarning ishtirok etishi har yili (aprel) Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi MAV 10. Qozoqiston Respublikasida oʻtkaziladigan badiiy sanʼat sohasidagi xalqaro koʻrgazma, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarda oʻzbek vakillarining ishtirok etishi 2013 — 2015-yillar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi MAV 11. “Orteke” xalqaro qoʻgʻirchoqlar teatrlari festivalida oʻzbek vakillarining ishtirok etishi 2013 — 2015-yillar MSV MAV 12. “Evraziya” xalqaro kinofestivalida oʻzbek vakillarining ishtirok etishi 2013 — 2015-yillar MSV “Oʻzbekkino” MA MAV 13. Qozogʻiston xalq rassomi A. Ismoilov ijodiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyada oʻzbek vakillarining ishtirok etishi 2013-yil Oʻzbekiston badiiy akademiyasi A. Kasteyev nomidagi Davlat sanʼat muzeyi 14. “Buyuk dasht qoʻshigʻi” anʼanaviy ijrochilik sanʼati xalqaro festivalida oʻzbek sanʼatkorlarining ishtirok etishi 2014-yil MSV MAV 15. “Operaliya” xalqaro musiqa festivalida oʻzbek sanʼatkorlarining ishtirok etishi 2013 — 2015-yillar MSV MAV
