Tuman mahalliy budjetning 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida (IV-32/81-12-son)
13.12.2014
Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Shaxrisabz tumani Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-P-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2014-yil 11-dekabrdagi IV/44-143-sonli qarorlariga muvofiq “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-P-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2014-yil 11-dekabrdagi IV/44-143-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2014-yil tuman mahalliy budjetining kutilayotgan ijrosi boʻyicha Shahrisabz tuman moliya boʻlimi (F. Uzoqov)ning axboroti tasdiqlansin.
3. 2015-yil tuman mahalliy budjetining daromadlari 137 mlrd 774 mln 238 ming soʻm va xarajatlari 137 mlrd 774 mln 238 ming soʻm miqdorida ilovaga asosan tasdiqlansin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari, tuman moliya boʻlimi boshligʻi, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi:
tumanda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, aholining daromadlari darajasini va turmush farovonligini oshirish yuzasidan choralar koʻrsinlar;
iqtisodiyot va aholi daromadlariga tushayotgan soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, yangi korxonalar barpo etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga soliq bazasini koʻpaytirish boʻyicha choralar amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
ijtimoiy sohaga yoʻnaltiriladigan budjet xarajatlarini, shu jumladan taʼlimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish xarajatlarini yanada koʻpaytirish yoʻli bilan aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha choralarni roʻyobga chiqarishni tashkil etsinlar;
tumanda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyotda yangi yuqori texnologik korxonalar va ishlab chiqarishlar ildam rivojlantirilishini taʼminlashga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiyalash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgartishlar dasturlarini amalga oshirishni, ishbilarmonlik muhitini hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini davom ettirsinlar;
qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha choralar koʻrsinlar;
budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish va birinchi navbatdagi xarajatlarni mahalliy budjetlardan oʻz vaqtida va toʻliq moliyalanishini taʼminlash boʻyicha ishlarni davom ettirsinlar;
budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli, manzilli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatsinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Z. Xalilov zimmasiga yuklatilsin.
6. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 1-apreldagi IV-25/60-04-sonli qarori 2015-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi F. NOROV
Shahrisabz t.,
2014-yil 13-dekabr,
IV-32/81-12-son
Xalq deputatlari tuman kengashining 2014-yil 13-dekabrdagi IV-32/81-12-sonli qaroriga ILOVA
Shahrisabz tuman mahalliy budjeti xarajatlarining 2015-yilgi asosiy
koʻrsatkichlari
T/r Xarajat turlari 2015-yil summasi A 1. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 539097 2. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotlar va korxonalar 3. Obodonlashtirish xarajatlari 7240800 4. 88724 Iqtisodiyot boʻyicha xarajatlar JAMI 7868621 5. Maorif 69509092 6. Madaniyat va ommaviy axborot vositalari 313156 7. Fan 8. Sogʻliqni saqlash 37948697 9. Jismoniy tarbiya 4901 10. Kadrlar tayyorlash 11. Ijtimoiy taʼminot 76945 Ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarining JAMI 107852791 12. Davlat boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlari 923616 13. Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish idoralarini saqlash xarajatlari 2650455 14. Zaxira jamgʻarmalari 0 15. Boshqa sarf-xarajatlar 59146 Shundan: Koʻnikma xarajati 59146 Qabullar uyi xarajatlari 16. Mukofotlash xarajatlari 17. Kapital qoʻyilmalar xarajatlari Voyaga etmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa 6507356 Ishlamaydigan onalarga bolasi 2 yoshga etgunga qadar parvarish uchun nafaqa 10591542 Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam 1320711 18. Jami 250 boʻlim 18419609 19. Maxsus omborxona va chegara posbonlari xarajatlari 0 XARAJATLARNING JAMI 137774238 Shahrisabz tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2015-yilgi koʻrsatkichlari T/r Daromadlar turlari 2015-yil summasi 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 2289537 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 6535888 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 3954651 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 16282453 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 6103500 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 11829884 7. Aksiz soligʻi, jami 6347609 Shu jumladan: aroq 6105711 boshqa vinolar 241898 oʻsimlik (paxta) yogʻi 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 4949508 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 3925941 10. Er soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 5147773 11. Yagona yer soligʻi 2104194 12. Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 202147 14. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 802984 15. Davlat boji 3847286 16. Jarimalar 3150318 17. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 181157 18. �ozorlar daromadidan tushum 2077856 19. Mahalliy yigʻimlar 324393 20. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 9999882 21. Boshqa tushumlar 901591 22. Viloyat budjetidan tuman mahalliy �yudjetiga beriladigan daromadlar 19380919 23. Viloyat budjetidan tuman mahalliy budjetiga beriladigan maqsadli subvensiya (xalq taʼlimi muassasalari ish haqisiga) 27434767 Jami daromadlar 137774238
