6-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir. Bu hukuq qonun bilan muhofaza qilinadi. Hech kim oʻzboshimchalik bilan hayotdan mahrum etilishi mumkin emas.
2. Oʻlim jazosini bekor qilmagan mamlakatlarda oʻlim hukmi faqatgina jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan va mazkur Pakt hamda Genotsid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolash toʻgʻrisidagi konvensiyaga zid boʻlmagan qonunga muvofiq eng ogʻir jinoyatlar uchungina chiqarilishi mumkin. Bunday jazo faqat vakolatli sud tomonidan chiqarilgan yakuniy hukmni ijro etib amalga oshirilishi mumkin.
3. Genotsid jinoyati uchun hayotdan mahrum etilayotgan boʻlsa, shuni eʼtiborga olish lozimki, ushbu moddadagi hech bir narsa mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar uchun biror-bir yoʻl bilan Genotsid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolash toʻgʻrisidagi konvensiya qarorlariga muvofiq qabul qilingan har qanday majburiyatlardan chekinish huquqini bermaydi.
4. Oʻlim jazosiga hukm qilingan har bir kishi avf etish haqida yoki hukmni yumshatish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega. Amnistiya, avf etish yoki oʻlim hukmini almashtirish barcha holatlarda hadya etilishi mumkin.
5. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun oʻlim hukmi chiqarilmaydi va homilador ayollarga nisbatan bu hukm ijro etilmaydi.
6. Ushbu moddadagi hech bir narsa mazkur Paktda ishtirok etuvchi biror-bir davlat tomonidan oʻlim jazosi muddatini kechiktirish yoki uni bekor qilishga yoʻl qoʻymaslik uchun asos boʻla olmaydi.
