51-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har qanday davlat tuzatishlar taklif qilishi va ularni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi soʻng har qanday taklif etilgan tuzatishni mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga yuboradi va ular ushbu takliflarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan ovoz berish maqsadida ishtirokchi davlatlar konferensiyasini chaqirishni maʼqullashyaptimi yoki maʼqullashmayaptimi ekanligini oʻziga xabar qilishlarini soʻraydi. Agar ishtirokchi davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiya chaqirishni maʼqullasa, Bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida bu konferensiyani chaqiradi. Ushbu Konferensiyada ishtirok etib ovoz berishda qatnashuvchi ishtirokchi davlatlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan har qanday tuzatish Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
2. Tuzatishlar ularni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tasdiqlagach va ular ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning uchdan bir qismi tomonidan qabul qilingach, mazkur davlatlar Konstitutsiyasi tartib-taomillariga asosan kuchga kiradi.
3. Tuzatishlar kuchga kirgan paytdan boshlab, ularni qabul qilgan ishtirokchi davlatlar uchun majburiy boʻlib qoladi, boshqa ishtirokchi davlatlar uchun esa mazkur Pakt qarorlari va ular ilgari qabul qilgan har qanday tuzatishlarni bajarish majburiy boʻladi.
