48-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Ushbu Pakt Birlashgan Millatlar Tashkilotining yoki uning ixtisoslashtirilgan muassasalarining aʼzosi boʻlgan har bir davlat tomonidan, Xalqaro Sud Statutining ishtirokchisi boʻlgan har qanday davlat tomonidan va ushbu Paktda ishtirok etish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi taklif qilgan har qanday davlat tomonidan imzolash uchun ochiqdir.
2. Ushbu Pakt ratifikatsiya qilinishi kerak. Ratifikatsiya yorliqlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
3. Ushbu Pakt mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan har qanday davlatning qoʻshilishi uchun ochiqdir.
4. Qoʻshilish haqidagi hujjatni saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshirish orqali qoʻshilish amalga oshiriladi.
5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu Paktni imzolagan yoki unga qoʻshilgan barcha davlatlarni har bir ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilganligi haqida xabardor qiladi.
