4-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Davlatda favqulodda holat yuz bergan vaqtda, millat hayoti tahdid ostida qolgan va bu holat haqida rasmiy ravishda eʼlon kilinganda ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Pakt boʻyicha olgan oʻz majburiyatlaridan chekinish uchun choralar koʻrishi mumkin, lekin bu chekinishni ahvol keskinligi talab etgan boʻlishi hamda bu choralar xalqaro huquq boʻyicha boshqa majburiyatlarga xilof boʻlmasligi va irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishiga qarab kamsitishga olib kelmasligi kerak.
2. Ushbu qoida 6, 7, 8 (1 va 2-bandlar), 11, 15, 16 va 18-moddalardan biror-bir chekinish uchun asos boʻla olmaydi.
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi chekinish huquqidan foydalanuvchi har qanday davlat oʻzi chekingan qoidalar haqida va shunday qarorga kelishga olib kelgan sabablar haqida darhol Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi orqali mazkur Paktda ishtirok etuvchi boshqa davlatlarni xabardor kilishi kerak. Shuningdek, oʻsha vositachi orqali bunday chekinish toʻxtatiladigan sana toʻgʻrisida ham xabar berilishi kerak.
