34-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. 33-moddaga binoan boʻsh turgan oʻrin eʼlon qilinganda, almashtirilishi kerak boʻlgan aʼzoning vakolatlari shu boʻsh turgan oʻrin eʼlon qilingandan soʻng olti oy ichida hali tugamasa, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlatga bu toʻgʻrida xabar qiladi va oʻsha davlat 29-moddaga muvofiq boʻsh turgan oʻrinni toʻldirish uchun ikki oy ichida nomzod koʻrsatishi mumkin.
2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi shu tarzda koʻrsatilgan shaxslar roʻyxatini alifbo tartibida tuzib, uni ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga taqdim etadi. Soʻng boʻsh oʻrinni toʻldirish uchun boʻladigan saylov mazkur Pakt ushbu qismining tegishli qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.
3. 33-moddaga binoan eʼlon qilingan boʻsh oʻrinni egallash uchun saylangan Qoʻmita aʼzosi mazkur modda qoidalariga muvofiq Qoʻmitada oʻrni boʻshagan aʼzoning vakolatlari muddatining qolgan qismi mobaynida lavozimni egallaydi.
