30-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Dastlabki saylov ushbu Pakt kuchga kirgandan keyin olti oydan kechiktirmay oʻtkaziladi.
2. Qoʻmitaga har bir saylovga koʻpi bilan toʻrt oy qolganida (34-moddaga muvofiq boʻsh oʻrinlarni toʻldirish uchun eʼlon qilinadigan saylov bundan mustasno) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga uch oylik muddatda qoʻmita aʼzoligiga nomzodlarni taqdim etishni soʻrab yozma ravishda murojaat qiladi.
3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning nomini koʻrsatgan holda barcha nomzodlar roʻyxatini alifbo tartibida tuzib chiqadi va saylov oʻtadigan sanadan kamida bir oy oldin mazkur roʻyxatni ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga taqdim etadi.
4. Qoʻmita aʼzolari saylovi Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy muassasalarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi tomonidan chaqiriladigan ushbu Paktda qatnashuvchi davlatlarning majlisida oʻtkaziladi. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar uchdan ikki qismining vakillari hozir boʻlishi kvorum hisoblanuvchi bu majlisda mutlaq koʻp ovoz olgan shaxslar Qoʻmitaga saylangan hisoblanadi.
