24-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Har bir bola irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli yoki tugʻilishi (nasli-nasabi)dan qatʼi nazar hech bir kamsitishsiz goʻdakligi sababli oila, jamiyat va davlat tomonidan muhofaza choralari koʻrilishi huquqiga ega.
2. Har bir bola tugʻilgandan soʻng darhol roʻyxatdan oʻtkazilishi va ismiga ega boʻlishi kerak.
3. Har bir bola fuqarolikni olish huquqiga ega.
