22-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Har bir inson boshqalar bilan uyushish erkinligi huquqiga, shu jumladan kasaba uyushmalar tashkil etish erkinligi va oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun shunday uyushmalarga kirish huquqiga ega.
2. Bunday huquqlardan foydalanish hech qanday cheklanmaydi, qonun bilan nazarda tutilganlari va demokratik jamiyatda davlat yoki jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi manfaatlari uchun, aholi salomatligi va axloqini muhofaza etish yoki boshqa shaxslarning huquq va erkinligi himoyasi uchun zarur boʻlganlari bundan mustasno. Ushbu modda qurolli kuchlar va politsiya tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun shu huquqdan foydalanishda qonuniy cheklashlar joriy etilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
3. Ushbu moddadagi hech narsa Xalqaro Mehnat Tashkilotining 1948-yilgi Konvensiyasida ishtirok etuvchi davlatlarga uyushmalar erkinligi va huquqini himoya qilish borasida, mazkur konvensiyada nazarda tutilgan kafolatlarga zarar yetkazib qonun hujjatlari qabul qilish yoki ushbu kafolatlarga ziyon yetkazilgan holda qonun qabul qilish huquqini bermaydi.
