12-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Biror-bir davlat hududida qonuniy ravishda turgan har bir kishi ushbu hudud doirasida erkin koʻchib yurish va yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega.
2. Har bir kishi har qanday mamlakatni, jumladan oʻz mamlakatini tark etish huquqiga ega.
3. Yuqorida qayd etilgan huquqlar hech qanday cheklash obyekti boʻlishi mumkin emas, qonunda nazarda tutilgan davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki maʼnaviyatini yoki boshqalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun zarur boʻlgan va ushbu Paktda eʼtirof etilgan boshqa huquqlarga mos keladigan cheklashlar bundan mustasno.
4. Hech kim oʻz mamlakatiga kirish huquqidan oʻzboshimchalik bilan mahrum etilishi mumkin emas.
