Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (178-son)
24.05.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 24-may,
178-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-maydagi 178-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Qarorning 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 2-ilovada:
— 14-banddagi “va professional yongʻindan saqlash” soʻzlari “qoʻriqlash va professional yongʻin xavfsizligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
— 16 va 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish muassasalarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari.
17. Ichki ishlar organlarining xizmat koʻrsatiladigan uchastka hududidagi profilaktika boʻyicha inspektorlari”.
— ilovaga quyidagi mazmundagi 22-band qoʻshilsin:
“22. Qishloq joylardagi aloqa boʻlimlarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari”.
