Shahar mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida (177/39-4-son)
12.12.2014
Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2014-yil 11-dekabrdagi IV/44-143-sonli qarorlariga va Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2014-yil 11-dekabrdagi IV/44-143-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2014-yil viloyat mahalliy budjetining kutilayotgan ijrosi boʻyicha Qarshi shahar moliya boʻlimi (Gʻ. Axmedov)ning axboroti tasdiqlansin.
3. 2015-yil viloyat mahalliy budjetining daromadlari 96 mlrd 328 mln 704 ming soʻm va xarajatlari 96 mlrd 328 mln 704 ming soʻm miqdorida ilovaga asosan tasdiqlansin.
4. Shahar hokimining oʻrinbosarlari:
shaharda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, aholining daromadlari darajasini va turmush farovonligini oshirish yuzasidan choralar koʻrsinlar;
iqtisodiyot va aholi daromadlariga tushayotgan soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, yangi korxonalar barpo etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga soliq bazasini koʻpaytirish boʻyicha choralar amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
ijtimoiy sohaga yoʻnaltiriladigan budjet xarajatlarini, shu jumladan taʼlimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish xarajatlarini yanada koʻpaytirish yoʻli bilan aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha choralarni roʻyobga chiqarishni tashkil etsinlar;
shaharda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyotda yangi yuqori texnologik korxonalar va ishlab chiqarishlar ildam rivojlantirilishini taʼminlashga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiyalash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgartishlar dasturlarini amalga oshirishni, ishbilarmonlik muhitini hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini davom ettirsinlar;
budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish va birinchi navbatdagi xarajatlarni mahalliy budjetlardan oʻz vaqtida va toʻliq moliyalanishini taʼminlash boʻyicha ishlarni davom ettirsinlar;
budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli, manzilli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatsinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda viloyat hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh. Xolmurodov zimmasiga yuklatilsin.
6. Xalq deputatlari shahar Kengashining 2014-yil 7-fevraldagi 156/34-4-sonli qarori 2015-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Xalq deputatlari shahar Kengashining raisi A. AChILOV
Qarshi sh.,
2014-yil 12-dekabr,
177/39-4-son
Xalq deputatlari shahar Kengashining 2014-yil 12-dekabrdagi 177/39-4-sonli qaroriga ILOVA
2015-yil uchun Qarshi shahri boʻyicha mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarining reja
koʻrsatkichlari
(ming soʻmda) T/r Daromad turlari Summasi A 1 2 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 13 158 128,0 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 7. Aksiz soligʻi, jami 7 214 783,0 shu jumladan: aroq pivo 579 286,0 chakana savdo tarmogʻida sotilayotgan, oltindan tayyorlangan zargarlik buyumlari 13 000,0 oʻsimlik (paxta) yogʻi 6 622 497,0 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 3 502 020,0 10. Er soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 4 734 712,0 11. Yagona yer soligʻi 12. Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 239 076,0 14. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 7 079 938,0 15. Davlat boji 12 422 872,0 16. Jarimalar 7 294 232,0 17. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 13 507 820,0 18. Bozorlar daromadidan tushum 2 449 467,0 19. Mahalliy yigʻimlar 733 017,0 20. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 20 176 486,0 21. Boshqa tushumlar 3 816 153,0 JAMI 96 328 704,0 (ming soʻmda) T/r Xarajat turlari summasi A 1 2 1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi 150 198,0 2. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotlar va korxonalar 3. Obodonlashtirish xarajatlari 8 208 511,0 4. Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 1 025 723,0 Iqtisodiyot boʻyicha xarajatlar JAMI 9 384 432,0 5. Maorif 55 224 388,0 6. Madaniyat va ommaviy axborot vositalari 186 916,0 7. Fan 8. Sogʻliqni saqlash 21 764 404,0 9. Jismoniy tarbiya 4 901,0 10. Kadrlar tayyorlash 11. Ijtimoiy taʼminot 178 736,0 Ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarining — JAMI 77 359 345,0 12. Davlat boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlari 849 174,0 13. Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish idoralarini saqlash xarajatlari 2 234 915,0 14. Zaxira jamgʻarmalari 15. Boshqa sarf-xarajatlar 58 176,0 Shundan: Koʻnikma xarajati 58 176,0 “Qabullar uyi” xarajati 16. Mukofotlash xarajatlari 17. Kapital qoʻyilmalar xarajatlari Voyaga etmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa 1 288 818,0 Ishlamaydigan onalarga bolasi 2 yoshga etgunga qadar parvarish uchun nafaqa 4 687 236,0 Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam 466 608,0 18. Jami 250 boʻlim 6 442 662,0 19. Maxsus omborxona va chegara posbonlari xarajatlari XARAJATLARNING JAMI 96 328 704,0
