Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga aʼzo-davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida Sherikchilik taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida (292-I-son)
30.08.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga aʼzo-davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida Sherikchilik taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
292-I-son
