Qarshi shahrining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (X-1480/12-son)
26.12.2014
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda) qarori hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 376/12-sonli qarorlarini ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda) “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi, Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 376/12-sonli qarorlari hamda xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining 2014-yil 12-dekabrdagi “Shahar mahalliy budjetining 2014-yildagi ijrosi hamda 2015-yildagi mahalliy budjeti toʻgʻrisida”gi 177/39-4-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarshi shahrining 2015-yilgi shahar mahalliy budjetining parametrlari 1-ilovaga va shahar mahalliy budjetining 2015-yilgi naqd pul aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
Qarshi shahri mahalliy budjetining aylanma kassa mablagʻi meʼyorini amaldagi qonunlar bilan koʻzda tutilgan muddatlarda saqlash topshirilsin.
3. 2015-yilda umumdavlat soliqlaridan tushumlarni shahar mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga asosan tashkil topishi inobatga olinsin.
4. 2015-yilda mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 4-ilovaga va savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining stavkalari 5-ilovaga asosan belgilansin.
5. Qarshi shahar hokimligi moliya boʻlimi (Gʻ. Axmedov), Qarshi shahar Gʻaznachilik boʻlinmasi (O. Sharopov), Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasi (F. Muxammadiyev) hamda shahar tashkilotlari rahbarlari budjetga toʻlovlar toʻliq tushishini hamda shahar mahalliy budjeti ijrosi jarayonida uning muvozanatini taʼminlash hamda qoʻshimcha daromad manbalarini qidirib topish, mahalliy budjetning xarajatlar qismi ijrosini taʼminlashga javobgar ekanliklari, shuningdek budjet tashkilotlarida budjet mablagʻlarining sarflanishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatishlari belgilab qoʻyilsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari budjet parametrlariga kiritilmagan tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlanganliklari hamda kreditor qarzlarni vujudga keltirganliklari uchun amaldagi qonunchilikka asosan shaxsan javobgardirlar.
7. Qarshi shahar hokimligi moliya boʻlimi, Qarshi shahar Gʻaznachilik boʻlinmasi hamda Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasi shaharning 2015-yilgi mahalliy budjeti parametrlarining bajarilishi yuzasidan tahlillarni har chorak yakuni bilan shahar hokimi muhokamasiga kiritib borsinlar.
8. Qarshi shahri hokimining 2014-yil 15-martdagi X-348/3 sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash Qarshi shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
10. Mazkur qaror kuchga kirgandan keyin “Nasaf” gazetasida eʼlon qilinsin.
Hokim A. AChILOV
Qarshi sh.,
2014-yil 26-dekabr,
X-1480/12-son
Shahar hokimining 2014-yil 26-dekabrdagi X-1480/12-sonli qaroriga 1-ILOVA
2015-yil uchun Qarshi shahar boʻyicha mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarining reja
koʻrsatkichlari
(ming soʻmda) T/r Daromad turlari Summasi A 1 2 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 13 158 128,0 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 0,0 7. Aksiz soligʻi, jami 7 214 783,0 shu jumladan: 0,0 aroq 0,0 boshqa vinolar 0,0 pivo 579 286,0 chakana savdo tarmogʻida sotilayotgan, oltindan tayyorlangan zargarlik buyumlari 13 000,0 oʻsimlik (paxta) yogʻi 6 622 497,0 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 3 502 020,0 10. Er soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 4 734 712,0 11. Yagona yer soligʻi 0,0 12. Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 0,0 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 239 076,0 14. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 7 079 938,0 15. Davlat boji 12 422 872,0 16. Jarimalar 7 294 232,0 17. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 13 507 820,0 18. Bozorlar daromadidan tushum 2 449 467,0 19. Mahalliy yigʻimlar 733 017,0 20. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 20 176 486,0 21. Boshqa tushumlar 3 816 153,0 JAMI 96 328 704,0 (ming soʻmda) T/r Xarajat turlari summasi A 1 2 1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi 150 198,0 2. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotlar va korxonalar 3. Obodonlashtirish xarajatlari 8 208 511,0 4. Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 1 025 723,0 Iqtisodiyot boʻyicha xarajatlar JAMI 9 384 432,0 5. Maorif 55 224 388,0 6. Madaniyat va ommaviy axborot vositalari 186 916,0 7. Fan 8. Sogʻliqni saqlash 21 764 404,0 9. Jismoniy tarbiya 4 901,0 10. Kadrlar tayyorlash 11. Ijtimoiy taʼminot 178 736,0 Ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarining — JAMI 77 359 345,0 12. Davlat boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlari 849 174,0 13. Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish idoralarini saqlash xarajatlari 2 234 915,0 14. Zaxira jamgʻarmalari 15. Boshqa sarf-xarajatlar 58 176,0 Shundan: Koʻnikma xarajati 58 176,0 “Qabullar uyi” xarajati Mukofotlash xarajatlari 16. Kapital qoʻyilmalar xarajatlari 17. Voyaga etmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa 1 288 818,0 Ishlamaydigan onalarga bolasi 2 yoshga etgunga qadar parvarish uchun nafaqa 4 687 236,0 Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam 466 608,0 18. Jami 250 boʻlim 6 442 662,0 19. Maxsus omborxona va chegara posbonlari xarajatlari XARAJATLARNING JAMI 96 328 704,0
Shahar hokimining 2014-yil 26-dekabrdagi X-1480/12-sonli qaroriga 2-ILOVA
Mahalliy budjetning 2014-yilgi naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORLARI
(ming soʻmda) Summasi A 1 2 1. Qarshi shahar 518860,0
Shahar hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi X-1480/12-sonli qaroriga 3-ILOVA
2015-yilda umumdavlat soliqlari boʻyicha tushumlarning shahar mahalliy budjetiga ajratiladigan
meʼyorlari
T/r Umumdavlat soliqlari Foizda A 1 2 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 100,0 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 7. Aksiz soligʻi, jami shu jumladan: etil spirti alkogol mahsulotlari (etil spirti va pivodan tashqari) 50,0 pivo chakana savdo tarmogʻida sotilayotgan, oltindan tayyorlangan zargarlik buyumlari 100,0 oʻsimlik (paxta) yogʻi 100,0 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 9. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 100,0 10. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 100,0
Shahar hokimining 2014-yil 26-dekabrdagi X-1480/12-sonli qaroriga 4-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning
STAVKALARI
T/r Soliqlar va yigʻimlarning turlari Chegaralangan stavkalar 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi sof foydaning 8%i 2. Quyidagilarning isteʼmoli uchun undiriladigan soliq: transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 385 200 soʻm transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 352 400 soʻm transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 200 soʻm transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub. metr uchun 240 soʻm 3. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim: alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 5 baravari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3,5 baravari 4. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim har bir oy uchun eng kam ish haqining 8 barobari
Shahar hokimining 2014-yil 26-dekabrdagi X-1480/12-sonli qaroriga 5-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining
STAVKALARI
T/r Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari 8 2. Chakana savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari), quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 3. Ulgurji savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari) 5 4. Chakana va ulgurji tovar oboroti boʻyicha “Sharobsavdo” ixtisoslashgan hududiy bazalari 5 5. Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari, quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 3 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 6. 1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan korxonalar uchun plastik kartalar qoʻllanib haq toʻlangan holda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi boʻyicha belgilangan stavka 5% gacha kamayadi
