Tuman mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida (98/29-04-son)
12.12.2014
Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Nishon tumani Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son; 2014-y., 36-son, 452-modda) 99-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli va xalq deputatlari viloyat Kengashining 2014-yil 11-dekabrdagi IV/44-143-sonli “Viloyat mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining 2014-yil 11-dekabrdagi “Viloyat mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi IV/44-143-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2015-yil Nishon tuman mahalliy budjetining kutilayotgan ijrosi boʻyicha Nishon tuman moliya boʻlimi (S. Quyliyev)ning axboroti tasdiqlansin.
3. 2015-yil tuman mahalliy budjetining daromadlari 57753965 ming soʻm va xarajatlari 57753965 ming soʻm miqdorida ilovaga asosan tasdiqlansin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va tuman hokimining oʻrinbosarlari:
tumanda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, aholining daromadlari darajasini va turmush farovonligini oshirish yuzasidan choralar koʻrsinlar;
iqtisodiyot va aholi daromadlariga tushayotgan soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, yangi korxonalar barpo etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga soliq bazasini koʻpaytirish boʻyicha choralar amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
ijtimoiy sohaga yoʻnaltiriladigan budjet xarajatlarini, shu jumladan taʼlimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish xarajatlarini yanada koʻpaytirish yoʻli bilan aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha choralarni roʻyobga chiqarishni tashkil etsinlar;
tumanda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyotda yangi yuqori texnologik korxonalar va ishlab chiqarishlar ildam rivojlantirilishini taʼminlashga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiyalash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgartishlar dasturlarini amalga oshirishni, ishbilarmonlik muhitini hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini davom ettirsinlar;
qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha choralar koʻrsinlar;
budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish va birinchi navbatdagi xarajatlarni mahalliy budjetlardan oʻz vaqtida va toʻliq moliyalanishini taʼminlash boʻyicha ishlarni davom ettirsinlar;
budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli, manzilli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatsinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Z. Baratov zimmasiga yuklatilsin.
6. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 31-yanvardagi IV/23-2-sonli qarori 2015-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi M. XAYITMURODOV
Nishon t.,
2014-yil 12-dekabr,
98/29-04-son
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 12-dekabrdagi 98/29-04-sonli qaroriga ILOVA
Nishon tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi asosiy
koʻrsatkichlari
Daromad turlari ming soʻmda 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 1752488 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 1829325 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 1130294 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 10001849 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 1084514 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 3977882 7. Aksiz soligʻi, jami 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 13760740 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1227161 10. Er soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 4200413 11. Yagona yer soligʻi 1448620 12. Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 13170555 14. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 1084996 15. Davlat boji 747196 16. Jarimalar 531777 17. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 18. Bozorlar daromadidan tushum 256124 19. Mahalliy yigʻimlar 148841 20. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 1051362 21. Boshqa tushumlar 349829 Jami 57753966 Xarajat turlari ming soʻmda 1. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 271797 2. Obodonlashtirish xarajatlari 2562831 Iktisodiyot boʻyicha xarajatlar jami 2903062 3. Maorif 34645151 4. Madaniyat va ommaviy axborot vositalari 271703 5. Fan 6. Sogʻliqni saqlash 11353260 7. Jismoniy tarbiya 3675 8. Kadrlar tayyorlash 9. Ijtimoiy taʼminot 87298 Ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarining jami 46361087 10. Davlat boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlari 815670 11. Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish idoralarini saqlash xarajatlari 1284081 12. Zaxira jamgʻarmalari Boshqa sarf-xarajatlar 31437 13. Shundan: Koʻnikma xarajati 31437 14. “Qabullar uyi” xarajati 15. Mukofotlash xarajatlari 16. Kapital qoʻyilmalar xarajatlari 17. Voyaga etmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa 1723663 18. Ishlamayotgan onalarga bolasi 2 yoshga etgunga qadar parvarishi uchun nafaqa 4344080 19. Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam 290885 Jami 6358628 20. Maxsus oborxona va chegara posbonlari xarajatlari HARAJATLARNING JAMI 57753965
