Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziya oʻrtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida (289-I-son)
30.08.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziya oʻrtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
289-I-son
