Tuman mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida (129/39-04-son)
12.12.2014
Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 99-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli hamda shu xususidagi Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2014-yil 11-dekabrdagi IV/44-143-sonli qarorlariga muvofiq “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli, shu xususidagi Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2014-yil 11-dekabrdagi IV/44-143-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2014-yil tuman mahalliy budjetining kutilayotgan ijrosi boʻyicha Qarshi tumani moliya boʻlimi (X. Turdiyev)ning axboroti tasdiqlansin.
3. 2015-yil tuman mahalliy budjetining daromadlari 80 mlrd 072 mln 048 ming soʻm va xarajatlari 80 mlrd 072 mln 048 ming soʻm miqdorida ilovaga asosan tasdiqlansin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosarlari:
tumanda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, aholining daromadlari darajasini va turmush farovonligini oshirish yuzasidan choralar koʻrsinlar;
iqtisodiyot va aholi daromadlariga tushayotgan soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, yangi korxonalar barpo etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga soliq bazasini koʻpaytirish boʻyicha choralar amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
ijtimoiy sohaga yoʻnaltiriladigan budjet xarajatlarini, shu jumladan taʼlimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish xarajatlarini yanada koʻpaytirish yoʻli bilan aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha choralarni roʻyobga chiqarishni tashkil etsinlar;
tumanda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyotda yangi yuqori texnologik korxonalar va ishlab chiqarishlar ildam rivojlantirilishini taʼminlashga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiyalash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgartishlar dasturlarini amalga oshirishni, ishbilarmonlik muhitini hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini davom ettirsinlar;
qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha choralar koʻrsinlar;
xarajatlarni mahalliy budjetdan oʻz vaqtida va toʻliq moliyalanishini taʼminlash boʻyicha ishlarni davom ettirsinlar;
budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli, manzilli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatsinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari N. Temirov zimmasiga yuklatilsin.
6. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2013-yil 7-fevraldagi 105/4-29-sonli qarori 2015-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi J. BOBOYEV
Qarshi t.,
2014-yil 12-dekabr,
129/39-04-son
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 12-dekabrdagi 129/39-04-sonli qaroriga ILOVA
2015-yil uchun Qarshi tumani boʻyicha budjet daromadlarining reja
koʻrsatkichlari
Daromad turlari mln soʻmda 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 560 117 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 3113 959 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 4486 050 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 10210 007 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 2644 712 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 4327 228 7. Aksiz soligʻi, jami shu jumladan: aroq boshqa vinolar pivo oʻsimlik (paxta) yogʻi 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2599 104 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1636 340 10. Er soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 3538 226 11. Yagona yer soligʻi 1852 922 12. Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 0 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 73 345 14. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 350 349 15. Davlat boji 1424 353 16. Jarimalar 1635 736 17. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va �ning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 91 900 18. Bozorlar daromadidan tushum 74 564 19. Mahalliy yigʻimlar 154 473 20. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 10653 512 21. Boshqa tushumlar 284 636 Jami 49711 533 1. Xalq taʼlimi muassasalari ish haqini moliyalashtirish uchun beriladigan subvensiya 25849120 2. Viloyat budjetlaridan tuman va shaharlarga beriladigan daromadlar 4511395 Viloyatdan beriladigan ssuda 0 JAMI 80072 048 Koʻrsatkichlar ming soʻmda T/r I. Xarajatlar — jami 80072048,0 1. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga xarajatlar — jami 73251414,0 shu jumladan: 1.1. Maorif 46252720,0 umumiy taʼlim 46252720,0 kadrlar tayyorlash 1.2. Sogʻliqni saqlash 17542822,0 1.3. Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 259809,0 madaniyat va ommaviy axborot vositalari 256134,0 sport 3 675,0 1.4. Fan 1.5. Ijtimoiy taʼminot 119568,0 1.6. Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 9044358,0 1.8. Davlat mukofotlarini toʻlash boʻyicha xarajatlar 1.9. Ijtimoiy koʻnikma markazlari 32137,0 1.1. Isitish qozonxonalari va kommunal xoʻjalikning isitish tizimlarini kapital taʼmirlash 2. Iqtisodiyotga xarajatlar 3903104,0 shu jumladan: 2.1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 170620,0 2.3. Obodonlashtirish 3552773,0 2.4. Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 179711,0 3. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatla� 4. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash 751079,0 5. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 2166451,0 6. Zaxira jamgʻarmasi 0,0 7. Boshqa xarajatlar shu jumladan: 7.1. Mudofaa majmui, huquqni muhofaza qilish organlarining mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan xarajatlari 7.2. Qabullar uyini saqlash xarajatlari 7.3. Boshqa tadbirlarga
