Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼatining tarkibi toʻgʻrisida (595-II-son)
26.01.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchining taqdimnomasini koʻrib chiqib va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-moddasiga muvofiq Oliy Majlis Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining soni yetti kishidan iborat etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼatining aʼzolari etib quyidagilar tasdiqlansin:
Alixonov Boriy Botirovich — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi (lavozimi boʻyicha) Reimov Poʻlat Rasberganovich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi (lavozimi boʻyicha) Samoylov Sergey Vladimirovich — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Iqtisodiyot va tabiatdan foydalanishni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Umarov Narimon Majidovich — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat davlat inspeksiyasi boshligʻi Xabirov Rahmatilla Saʼdullayevich — Toshkent suv taʼminoti, kanalizatsiya, gidrotexnika inshootlari va muhandislik gidrogeologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ergashev Turgʻun Ergashevich — Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 1997-yil 26-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼatining tarkibi toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 3, 96-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-yanvar,
595-II-son
