Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼatining tarkibi toʻgʻrisida (162-II-son)
24.03.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining taqdimnomasini koʻrib chiqib va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hayʼati olti kishidan iborat tarkibda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼati aʼzolari etib quyidagilar tasdiqlansin:
Umarov Nariman Madjitovich — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi Sodiqov Kamolitdin Faxritdinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Aytmuratov Paraxat Djanabayevich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi Xabirov Raxmatulla Sagdullayevich — Toshkent “SUVGEO” ilmiy tekshirish instituti direktori Niyozov Anvar Bobonazarovich — Buxoro viloyati tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi Mamanazarov Muxammadi Xudayarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Er va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish bosh boshqarmasi boshligʻi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2004-yil 26-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼatining tarkibi toʻgʻrisida”gi 595-II-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 52-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 24-mart,
162-II-son
